Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Download 197.01 Kb.
bet32/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Farhod Musajon hayoti va ijodi

Farhod Musajonov — ko‘p qirrali ijodkor. U nosir, dramaturg va kinossenaristdir. 1933 yilning 19 dekabrida Toshkentda tavallud topgan. 1956 yilga kelib, Toshkent Davlat universitetining sharq fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. Respublika radiosi, televideniesi hamda «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi, «G‘uncha» va «Sharq yulduzi» jurnallarida ishlagan. «O‘zbekfilm» (1967) studiyasida xizmat qilgan. 1968—1970 yillarda Moskvada ssenaristlar Oliy kursida o‘qigan. 1976 yillari «O‘zbekfilm»da turli lavozimlarda, «O‘zbekkino» aksionerlik kompaniyasida xizmat qilgan.F. Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. Birinchi «Daradagi qishloqda» hikoyasi 1956 yilda chop bo‘lgan. Uning «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari dunyo yuzini ko‘rgan. Hozirgacha uning «Hamlet» (1984), «Bog‘ ko‘cha (1987) kabi hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Ayni chog‘da u «Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi», «Zo‘raki kashanda» kabi kattalar uchun ham asarlar yaratgan. Bundan tashqari, u dramaturg sifatida «Oq kabutar», «Najot istab», Hamza teatrida qo‘yilgan «Olifta», «Xizmatingga hozirman», «Talvasa» (Muqimiy teatri sahnalashtirgan) kabi dramalar yaratgan.Shuningdek, «Jazirama oftob ostidagi uy», «Birovning boshi», «Minoralar ostidagi tsirk», «Ko‘zlarim yo‘lingda», «Huvaydo», «Askiya», «Qiziqchi», «So‘nmas ziyo» kabi ssenariylar muallifi hamdir. Bulardan tashqari u ko‘plab hajviy hikoyalar, intermediyalar, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan. Jumladan, «Oftobni quvalab», «Bo‘sh kelma, Aliqulov!», «Bir qultum buloq suvi» kabi kitoblarini eslash mumkin. Uning «Dushanba, nonushtadan so‘ng» (1974), «Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman» (1977), «Qilich va shamshir», «Ko‘rgulik», «Qilich va soz» (2000), «Lafz» (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega. Iste’dodli bolalar adibi, dramaturg va ssenarist F. Musajonov «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (2000). 2013 yil 28 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Farhod Musajonning o’ziga xos uslubi bor edi. Uning asarlaridan bir parchagina o’qigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozardi. Bolalar tili bilan aytsak, hikoyalari “rostakam bo’lgan voqeaga o’xshaydi”. Mana shu omil – ishontira olish mahorati Farhod Musajon ijodining eng muhim xususiyatlaridan edi. Farhod Musajon barcha yoshdagi bolalar uchun yozdi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik va o’rta hamda katta yoshdagi bolalarga va o’smirlarga bag’ishlangan asarlarini ham uchratish mumkinMa’lumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o’zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizg’anchiq bo’lmaslik, kasbhunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Bolalarning pedagogikpsixologik xususiyatlarini yaxshi o’rgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag’ishlab “Eng yaxshi chana”, “Shodiyona kun”, “Shiqildoq”, “Pahlavon va nimjon”, “Sovg’a”, “Ajoyib buzoqcha”, “Yaxshilik”, “To’lab ber”, “Varrak”, “Dog’” kabi o’nlab hikoyalar yaratgan. Adibning “Varrak” asarining mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga qurilgan. Asarda kichkintoylarni bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.Ana shunday jozibali asarlaridan yana biri “Eng yaxshi chana”dir. Bu hikoyada qo’li ochiq, saxovatli, bag’ri keng bo’lish, xasis, ziqna bo’lmaslik kabi g’oyalar kichkintoylar ongiga yetkaziladi. Latifjonga dadasi chana olib beradi. Quvonchdan bolaning boshi ko’kka yetay deydi.Latifjon boshda ancha qizg’anchiq bo’ladi. Shuning uchun chanada bitta o’zi uchadi. Boshqalarni chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning qo’li tegib ketsa, chanani ko’tarib uyiga chopadi. Latifjonning dadasi o’g’lidagi bunday qizg’anchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o’tirmaydi. Aksincha, quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi:




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling