Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Hakim Nazir ijododa ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi


Download 197.01 Kb.
bet28/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Hakim Nazir ijododa ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi



Hakim Nazirning “Yonar daryo” qissasi o’zbek bolalar adabiyotining keyingi yillardagi katta yutug’idir. “Gazqaynar” manzarasini yorqin bo’yoqlarda gavdalantirgan bu asarda o’sha davrda Qizilqum sahrosi kishilarining jasorati, jo’shqin hayoti, qahramonligi hamda bir-biriga chin mehribonligi tasvirlanadi, shuningdek, oiladagi bola tarbiyasi, bunda ota-onaning tutgan o’rni ko’rsatiladi. Asarda voqea o’n ikki yoshli o’quvchi Damir tilidan hikoya qilinadi. Bundan ikki yil avval otasi vafot etib, singlisi Popuk ikkovi onasining qaramog’ida qolishgan. Ko’p vaqtlari ishda o’tadigan ona bolalar tarbiyasiga kam e’tibor bergan. Damir esa keksa buvisining o’ta mehribonligi, yumshoqligi tufayli o’yinqaroq, o’qishga kamhafsala, o’jar bo’lib qolgan. Natijada, u onasiga bo’yin egmaslikka harakat qiladi.Damirlarning uzoq qarindoshlari Sulton amaki ularning uylariga tez-tez kelib turadi, shuning uchun bolalar unga o’rganib qolishgan. Keyinchalik ota sifatida shu oilaga kirgan Sulton amaki Damir xarakterining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Damir xarakterida iz qoldirgan ikkinchi muhim voqea uning Qizilqumga safari bo’ladi. Bu uning ko’z o’ngida yangi olam ochadi, uni mehnat quchog’ida chiniqtiradi.Gazchilarning “G’ildirab yuradigan posyolkasi,” “Cho’pon boboning boshchiligida” ochilgan “Mo’jiza quduq”, bemorligiga qaramay Sulton amaki ko’rsatgan fidokorlik, umuman, gazchilarning afsonaviy qahramonligi Damir ruhida keskin burilish yasaydi.Yozuvchining “Kenjatoy” qissasida hunar maktabi hayoti qiziqarli va jozibador aks ettirilgan bo’lib, o’smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg’usini tarbiyalashga xizmat etadi.“Tohir-Zuhra qissasi”ni olsak unda bosh muammo hayotga qadam qo’yayotgan balog’at pallasidagi o’spirin bilan qizaloqning yosh qalblarida tug’ilgan ilk sevgi kechinmalariga qaratilgan, yoniq iztiroblari tasviriga keng o’rin berilgan.“Dadamni topib beringlar” qissasida bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik kichiklar nazari orqali o’tkazilib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’siri badiiy tahlil etilganini ko’ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz.Hakim Nazir so’nggi kitobini “Oq fotiha” deb atadi. Bu xotiraqissa bo’lib, bolalik sarguzashtlariga bag’ishlangan. Muallif bezovtalik, g’ulg’ula-hayajonlarga to’la bolalik chog’lari, ko’rgankechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichiklikda otaonasidan olgan ilk insoniy saboqlari uchun chuqur va samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.Hakim Nazir 1973 yilda “Lochin qanotlari” romanini yaratdi. Bunda urushga ketgan ota-onalarning o’rnini bosgan O’ktam, Umri va boshqa yosh vatanparvarlar timsollari gavdalantirildi. Romanni jamoatchilik iliq qabul etdi. Tadqiqotchilar “Lochin qanotlari” romani o’zbek bolalar adabiyotida deyarli qo’l urilmagan mavzu – urush yillari kichkintoylarning buyuk g’alabaga qo’shgan hissasini ko’rsatishga bag’ishlangan yirik asar sifatida qimmatlidir, deb yozadilar.Yozuvchining “Chiranma g’oz – hunaring oz” nomli pesasi ko’p yillar davomida yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo’yildi.Muallifning 24 ta kitobi rus tiliga, 12 ta kitobi qozoq, qirg’iz, turkman, gruzin, arman, belorus, latish, eston va boshqa tillarga tarjima qilingan. Qator hikoyalari nemis, fransuz, ispan, bulg’or, chex, mo’g’il kabi tillarda e’lon qilingan.


  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling