Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Download 197.01 Kb.
bet26/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Hakim Nazirning hayoti va ijodi



O’zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido’z oilasida tavallud topdi. Boshlang’ich ma’lumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida o’qidi.1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo’limida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.Adib mehnat faoliyatini 1933 yili o’quvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qo’mitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, bo’lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.Hakim Nazirning adabiy faoliyati o’tgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan e’tiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, do’stlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.Adibning “Besh baho” (1955), “Cho’l havosi” (1958), “Yaxshi nom” (1962), “Meni taniysizmi?” (1963), “Bolajonlarim” (1964), “Ali bilan Sher” (1971), “Bir og’iz so’z” (1982) kabi ko’plab asarlari shu jihatdan xarakterlidir.Hakim Nazirning “Ko’korol chiroqlari” (1954), “Yonar daryo” (1966), “Kenjatoy” (1976), “Tohir Zuhra qissasi” (1985) hamda “Dadamni topib beringlar” (1991) nomli qissalarida yoshlarning boy, beg’ubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga bo’lgan munosabatlari ifoda etilgan. Yozuvchining “Lochin qanotlari” (1973) romani o’zbek bolalar va o’smirlar adabiyotida kam yoritilgan urush mavzusiga bag’ishlangan.Hakim Nazir dramaturg sifatida “Chiranma g’oz, hunaring oz” pyesasi bilan o’zbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga o’z hissasini qo’shdi. Asar ko’p yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida muvaffaqiyatli namoyish tildi.Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoya, ocherk va qissalar ham yetakchi o’rinni egallaydi. “Musobaqadoshlar” (1950), “Odamning qadri” (1958), “O’tlar tutashganda” (1960), “Onaizor” (1961), “Aziz odam” (1964), “Shoshilinch telegrammalar” (1987) kabi hikoya va ocherklardan iborat to’plamlari, “Suv gadosi oqpadar dengizni boshlab keldi” (1962) va “Ko’kterak shabadasi” (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.Hakim Nazir tavalludining 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik (1969–1970), 60 yilligi oldidan besh jildlik “Tanlangan asarlar”i (1977–1981) chop etildi. Yozuvchining 80 yilligiga bag’ishlangan, memuar janriga mansub ikki yangi kitobi bosildi ‒ biri “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlari” xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa “Yodimdasiz, azizlarim” (1995) esdaliklaridir.Hakim Nazirning o’nlab kitoblari rus, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulg’or, chex, mo’g’il tillariga o’girilgan, alohida kitoblar holatida nashr etilgan.


  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling