Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


XX asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti


Download 197.01 Kb.
bet4/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

XX asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti

XX asrning 30-yillarida maktab-niaorif, ilm-fan, adabiyot va san’at sohasida
inuayyan yangiliklar paydo bo'ldi. Lekin bu davrda mudhish shaxsga sig'inish illati
tomir ota boshladi. Minglab sof vijdonli kishilar stalinizm o'qiga uchrab, behuda
qurbom bo'ldilar. A. Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir, So'fizoda, Botu, Elbek
singari noyob iste’dod sohiblari “Xalq dushmani” sifatida y o 'q qilindi. Bu voqea xalq
hayotiga katta ziyon yetkazdi, adabiyot va san’at rivojiga jiddiy halaqit berdi. Bu
haqda akademik Izzat Sulton shunday yozgan edi: “X X asr tajribasidan kelib
chiqadigan ikki muhim saboq bor: Birinchi saboq — har qanday sharoitda, davrlar
fojialarga qanchalik to'la bo'lmasin, baribir,  taraqqiyot to 'xtamaydi, davom eta beradi. Ikkinchi xulosa shuki, insoniyat taraqqiyotining  asosiy shakli tadrijiy
rivojlanish bo'lib qoladi”'*.
30-yillar adabiyotining o'ziga xos muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu
davrda milliy uyg'onish davri adabiyotining buyuk vakillari Abdulla Qodiriy, Fitrat
va Cho'lpon o 'z ijodlarining so'nggi namunalari bilan adabiy jarayonda qatnashdilar.
30-yillar adabiyoti erishgan eng katta yutuq uning xalq ommasi bilan yaqin aloqa
o'm ata olganida edi. Xalq bu davrda badiiy so'zga, yozuvchining so'ziga ishondi.
Shu bilan birga qo'pol xatolarga ham yo'l qo'yildi. Partiya adabiyotga rahbarlik
qilarkan, yozuvchilami o 'z childirmasiga o'ynatib, hayot haqiqatiga zid asarlar
yozishga rag'batlantirdi va shunday asarlarga, ulaming muallifiga yuksak mukofotlar
berdi.
Urush davrida she’riyat, nasr va dramaturgiya turlarida yaratilgan ko'plab asarlar
safarbarlik ruhiga ega bo'ldi. 30-50-yillar adabiyoti Oybek va G 'afur G 'ulom , Hamid
Olimjon va Maqsud Shayxzoda, Mirtemir va Sobir Abdulla, Usmon Nosir va Zulfiya
singari iste’dodli yozuvchilami yetishtirib berdi. Agar partiya va sho'ro
hukumatining adabiy siyosati to 'g 'ri yo'ldan borganida, bu ijod ahli ko'plab o'lm as
asarlarni yaratgan bo'lardilar.
30-50-yillar adabiyoti, XX asr o'zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixining boshqa
davrlari singari, o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bu har ikkala jihatni xolis
tahlil etish va baholash faqat adabiyotimiz tarixchilarininggina emas, balki ijod
ahlining ham vazifasidir. Zero, Abdulla Qodiriy va C ho'lpon, Oybek va G 'afur
G'ulom singari ulkan yozuvchilaming ijodiy yo'li xalaflar uchun hamisha buyuk
saboq va dorilfunun bo'lib xizmat qiladi.

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling