Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari
Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar adabiyoti
Download 197.01 Kb.
|
Bolalar adabiyoti fanidan savollar
Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar adabiyoti
Ma’lumki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o’tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog’liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarini eslab o’tish o’rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga ko’p ma’lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo’lib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga ko’chib yurgan qo’shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo’shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (Sevimli haqiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy insonning og’ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo’lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o’ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g’azallari timsolida XV asr o’zbek she’riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba to’pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni tayyorladi.Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxtsaodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o’zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, o’zbek mumtoz adabiy tiliga asos solgan va o’zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’targan buyuk so’z san’atkori bo’lib, davrning madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiylik qildi, ko’plab shogirdlar yetishtirdi.Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonining 40bobida rostgo’ylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab yozadi: “Har kim o’ziga to’g’rilik (halollik)ni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan nima ishi bor? Yo’l qancha to’g’ri bo’lsa, (manzil) shuncha yaqin. Nayza to’g’ri bo’lganidan doim boshi yuqori. Arqon har narsaga chirmashgani uchun mol, qo’ylarni bog’laydi. Sarvning qomati to’g’ri bo’lgani uchun xazon kulfatidan omonda va doimo yamyashil… Kimning qo’li egri bo’lsa, u o’g’ri bo’ladi. Kim o’g’rilik bilan mashhur bo’lsa, xalq uning qo’lini kesib to’g’ri qiladi.Navoiy Sohibqironning uzugi – muhridagi “Rosti – rusti” (rostlik – xaloslik) yoki “Kuch – adolatda” degan shiorning amalga oshgani uchun mamlakat ahli farovon yashaganini aytadi.XI–XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida o’sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan birga, ilm-fanga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san’ati va adabiyoti yoritilgan.XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og’zaki ijodi asosida yaratgan “Husn-u dil” dostoni ishq-muhabbat, aql-farosat, odob-axloqqa bag’ishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar bo’la oladigan “Shohboz va bulbul”, “Gul va Daf”‘, “Nay va Shamshod”, “Kosayi Chin Nargis”, “Binafsha va chang” kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo’lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir. Download 197.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling