Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Gulxaniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari


Download 197.01 Kb.
bet8/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Gulxaniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari

Isyonkor kuychi Gulxaniy XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan va bu davr o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’rinda turadigan yozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif bo’lib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga ko’ra, u XVIII asrning 70yillari hozirgi Xo’jand viloyatining Darvoza qishlog’ida dunyoga keladi.Bo’lajak yozuvchining bolaligi o’zi olamga kelgan tog’ qishlog’ida o’tadi. Bu yerda ozmi-ko’pmi o’qib, savod chiqaradi, adabiyotga bo’lgan havasi ortadi. She’riyatga oid ko’plab asarlar o’qiydi, xalq og’zaki ijodini berilib o’rganadi va asta-sekin she’riy mashqlari boshlanadi. U o’z ilmini oshirish maqsadida avval Namangan, so’ngra Farg’onaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy she’rlari bilan kishilar o’rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, g’ariblik turkumidagi ruboiy va to’rtliklari bilan el og’ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo’qonga keladi va qiyinchilik bilan kun kechiradi. U o’zbekcha she’rlariga Gulxaniy, tojikcha she’rlariga Jurvat deb taxallus qo’yadi.Gulxaniy bir necha yil Qo’qon xoni Olimxon saroyida navkar bo’lib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik ko’rsatgan bo’lsada, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi bo’lib qolaveradi.Gulxaniyning “Ber menga” radifli she’ri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. G’azal och qolgan kishining o’z xo’jayinidan non so’rashi bilan boshlanib, lirik qahramon – navkarning qalb alamlari so’nggi baytlarda izchil ochila boradi.Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala – Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gap boradi. G’azalda lirik qahramonning qiyafasi umumlashma timsol darajasiga ko’tarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor bo’lolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon – navkar o’z boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qo’shindagi tartibsizlikni fosh qiladi. O’z huquqini yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham ana shunday ish ko’rishga da’vat etadi:




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling