Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Quddus Muhammadiy asarlarida ilgari surilgan g’oyalar


Download 197.01 Kb.
bet16/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Quddus Muhammadiy asarlarida ilgari surilgan g’oyalar

Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Bo’lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki ma’lumotni otasidan oldi.1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, so’ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi she’ri – “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy gazetada e’lon qilinadi.Shu ilk mashqlaridayoq bo’lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish iste’dodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko’rinadi.U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo’jalik texnikumiga o’qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she’rlar yoza boshlaydi. Uning “Tong o’yini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Seleksiya stansiyasi” nomli she’rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi.1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika o’qituvchisi bo’lib ishladi, shu bilan birga O’rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida o’qiy boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning g’amxo’rliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr o’chmas iz qoldiradi. Bu yerdagi o’zaro do’stlik bo’lajak shoir qalbini tog’dek ko’tarib yuboradi.Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, G’. G’ulomlarni o’zi uchun ustoz deb bilgan, ulardan o’rgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda bo’lgan. Ilk she’rlaridan biri “Tong o’yini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dodli bolalar shoirini hamisha qo’llab-quvvatlab, ijodiga g’amxo’rlik qilib kelgan.Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo’ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she’r o’qish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan “Sa’va sayrarkan” she’rini o’qiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon she’r tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she’r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she’r ma’qul tushganini aytadi. So’ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to’xtalib, shunday ajoyib she’rlarni ko’proq yozishni ta’kidlaydi.




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling