Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Quddus Muhammadiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari


Download 197.01 Kb.
bet17/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Quddus Muhammadiy asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari

San’atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, a’lo o’qish, axloq-odobli bo’lishda boshqalarga o’rnak ko’rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bo’lishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi.Shoir o’quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar o’rinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi.Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o’quvchi bolalarni samimiy sevadi, o’z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. “A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa she’rlari a’lochi o’quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu she’rlari orqali a’lo o’qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog’iga quyadi.Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo’li tilga kirdi” kabi ko’plab she’rlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” she’ri shu jihatdan e’tiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” bilan yuruvchi o’quvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan ko’pgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so’z va qiyofa topgan.She’r quvnoq misralardan tashkil topgan bo’lib, bolalarning ruhiga, pedagogik-ruhiy xususiyatiga mos tushadi:Bir maktabda gap mish-mish,Turg’unning dumi bormish.Dum bilan yurish inson sha’niga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turg’unlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir.Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida o’rin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi she’rlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi o’rinda tasvirlanadi.“Etik” she’rining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy bo’lishiga qaramasdan mushohadasi o’tkir, odobli. U “O’rdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga ko’ra uni olifta bola ekan, deb o’ylash ham mumkin.Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik o’zining chiroyliligini ko’z-ko’z qilmoqchi bo’ladi:




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling