Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


A.Avloniy ijodida ilgari surilgan g’oyalar


Download 197.01 Kb.
bet13/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

A.Avloniy ijodida ilgari surilgan g’oyalar

Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida yozishicha: «12 yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim». Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug’ullandi. O’qish va o’qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etgan yosh pedagog o’quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va g’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan darsliklarni yozgan. 1895 yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z she’rlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tandid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqirar edi. Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillarndan yetishib chiqqan yirik jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar» kabi dramatik asarlarida jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi. Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-hammasida inson va tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi uyg’unlashib ketadi. Jumladan, «O’z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boyljkni isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun ko’zi qiymagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko’zlari qiymas»ligini qoralaydi. Yoki «Maktab» she’rida:Maktab misni tillo qilur, Maktab sizni mullo qilur,—deyish orqali maktab inson uchun zulm, nohaqlik, adolatsizlikdan xalos etuvchi, najot yo’li deb biladi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. Xullas, A. Avloniy yozganidek: Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir. Avloniy 1913 yilda Yevropa usulidagi «Turon» teatr truppasini tashkil etdi, unda o’z asarlari va qardosh xalqlar tillaridan tarjima qilingan qator dramalarni sahnalashtirdi.Abdulla Avloniy o’zbek xalqi maorifi, madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qo’shni Afg’on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 20-yillarda muhim rol o’ynagan. U ma’lum muddat Afg’oniston xalq maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan. A. Avloniy 1920—1930 yillarda respublikamiz ro’znoma va oynomalarida qator maqolalari bilan faol qatnashadi.Avloniy O’rta Osiyo Davlat universitetida dars berish bilan birga, qator adabiyot darsliklarining muallifi bo’lgan. U 1934 yili 56 yoshida vafot etadi.
Yangi ming yillik boshi XXI asr — o'zbek xalqi uchun O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo'lgan farovon hayot qurish asri bo'ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko'lamda izchil amalga oshirilmoqda.Kelajagi buyuk O'zbekistonni yaratishga hissa qo'shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuksak mas'uliyatni anglab, jamiyatda o'rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o'z-o'zidan bunyod bo'lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta'minlanishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo'lishi, mas'uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo'ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo'lib, unda o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida tarixda e'zoz-hurmat bilan tilga oladi. O'zbek xalqi ana shunday ulug'vor Konstitutsiyaga munosib buyuk xalqdir.

  1. Zarbulmasal” asridagi “Maymun bilan Najjor” masalining tarbiyaviy ahamiyati

Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash
yo`li bilan bog`lanib keladi.
Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining bir-biriga quda
bo`lish voqeasini bayon qilish orqali o`sha zamon uchun xarakterli
voqea-hodisalarni va ularga o`z munosabatini aks ettiradi. Yozuvchi
asardagi Yapaloqqush, Boyo`g`li, Ko`rqkush, Hudhud, Kulonkir
sulton, Sho`ranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari,
maqollari, hikoyalari orqali asarning g`oyaviy mazmunini ochadi.
“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning
kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir.
O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy-
pandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari
Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot
muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq
turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi.
Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib
tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga
aytaman, kelinim, sen eshit qabilida qushlar misolida o`z davri
voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari, mamlakat
urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon
xonliklari o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro urishib
yurganlari uchun ham asarda Buxoro go`yoki vayronalarga boy
muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod emas edi.
Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush, Ko`rqush,
Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu
turg`onlaring navola do`stlari, piyola hariflari, taom emakka hozir,
maslahatga aqli qosir”. Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning
ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning
yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon
qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko`rqush tilidan
nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi
bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan, podshohi
odilg`a uch toifadin guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki,
podshohning oxiratlik asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri 



  1. Zarbulmasal” asridagi “Tuya bilan bo’taloq” masalining tarbiyaviy ahamiyati

“Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so`zlarining
qo`shilishidan hosil bo`lgan bo`lib, «masallar yig`indisi» ma`nosini
beradi. Masal so`zi o`tmishda biz hozir qo`llaydigan maqol
ma`nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so`zga maqol qo`shib gapirish,
o`xshashi va dalilini keltirish ma`nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal
bo`lish – el og`ziga tushish, afsona bo`lish, mashhur bo`lish
ma`nolarida ham keladi. Ma`lum bo`ladiki, Gulxaniy o`z davri va
zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.
Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab
maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i, maqollar yordamida gapiradilar.
Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib
beradilar.
“Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan
ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq
hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma
adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi
“Kalila va Dimna”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz-zahab”
asarlari, shuningdek, Sa`diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav
Dehlaviy, Alisher Navoiy, So`fi Olloyor kabi ulug` so`z ustalari
hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan. Bularning barchasi
asarning ta`sirchanligi va o`qimishliligini oshirgan.

Download 197.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling