Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Zafar Diyor she’rlarida bolalarning o’rni


Download 197.01 Kb.
bet21/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Zafar Diyor she’rlarida bolalarning o’rni

O’sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir o’z esdaliklarida shunday yozadi: “Men Zafarni o’ylasam uni nuqul shod-xurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she’r durdonalari yog’ilayotganday ko’raman. Chindan ham, u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog’chalarda bot-bot bo’lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan o’qib berar, ayrim she’rlarini yoddan ifodali o’qir, bolalarga ham she’r o’qitib eshitardi. Shunda u o’zining qaysi she’rlari bolalar ko’rigidan yaxshi o’tganini, qaysi she’rni ko’proq sevib qolganlarini ko’rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she’rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. “Biz bolalarga nuqul o’rgatibgina qolmay, ulardan o’rganib ham turishimiz kerak”, derdi.


Zafar Diyor 1935 yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Mashinist” dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag’ishlangan.Maktabda o’qish Ashurni hunarli qilish bilan birga, uning ongi va tushunchasini ham o’stiradi. U vatanga sadoqatli, har doim olg’a intiluvchi ilg’or yoshlardan biri bo’lib yetishadi. Shuning uchun doston qahramoni o’z umrini Vatan yo’liga tikishga tayyor turadi:Sevinaman, hali yoshman, ko’p yashayman,Bu o’lkaning saodati – baxti uchun.Yana o’qib, yana kulib ko’p ishlayman,Shu ko’plarning biri bo’lib, o’lkam uchun,Ha! Mamlakat, shunday va’da beray senga:Butun umrim sening porloq hayotingga!Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi bilan sug’orilgan.Zafar Diyorning o’ttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg’ularini aks ettiruvchi asarlarining ko’pligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabatidir. Bu jihatdan uning “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qo’shiq”, “Kapalak” singari she’rlari ahamiyatlidir.Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uyg’ota oladigan quvnoq vazn, o’ynoqi misralar yaratadi. Shu maqsadda so’zlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:


  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling