VI. Ta’lim texnologiyalari va uslublari
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VII. Talabalar bilimini baholash mezonlari va kreditlarni olish uchun talablar
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018 yil 26 sentabrdagi 3069 - son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
Baholash usullari
|
Ekspress testlar, yozma ishlar, og‘zaki so‘rov, prezentatsiyalar va boshqalar
|
Baholash mezonlari
|
“5” baho (a’lo) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Savod o’rgatish davri va bosqichlari, bu davrdagi ish turlari, husnixatga o’rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirsa va uni amaliyotga qo‘llay olsa.
“4” baho (yaxshi) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Savod o’rgatish davri va bosqichlari, bu davrdagi ish turlari, husnixatga o’rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lsa
“3” baho (qoniqarli) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Savod o’rgatish davri va bosqichlari, bu davrdagi ish turlari, husnixatga o’rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari haqida to‘la tasavvurlari va bilimlarida chalkashliklar bo‘lsa.
“2” baho (qoniqarsiz) uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Tushunchalarga berilgan ta’riflarda jiddiy kamchiliklar mavjud, bu tushunchalarga misollar keltirmagan yoki misollar noto‘g‘ri tanlangan (tushuncha haqida tasavvurga ega emas). Qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Aniq tasavvurga ega bo‘lmasa.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |