Bolalar adabiyoti


Download 0.85 Mb.
bet2/48
Sana18.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1586770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
NAFOSAT BOLALAR ADABIYOTI (1)

MA’RUZA MASHG’LOTLARI
1-Mavzu: Bolalar adabiyoti faniga kirish

  1. Bolalar adabiyoti fanining predmeti va vazifalari

  2. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot.

  3. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi

  4. Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari,yoxud adresliligi



MAVZUGA DOIR TAYANCH TUSHUNCHALAR: istiloh, qo‘llanma, xrestomatiya, omil, genezis, so‘qma so‘z, munaqqid, muqallid, nasr, nosir, nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamizm, emotsionallik, lirik, komik, matbaa, realistik, badia, fiziologik, biologik, biografik, dialektizm, sujet, publitsistika, detektiv, fantastik, dilogiya, trilogiya, tetralogiya.
O‘zbek bolalar adabiyotining so‘z san’ati sifatidagi ulug‘vor vazifasi va tarbiyachilik vositasi istiqlol yillarida alohida e’tiborga tushdi. Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Adabiyotga e’tibor– ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” yo`riqnomasida adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi ekanligi ta’kidlab ko‘rsatilar ekan, jumladan shunday deyilgan: “Ayniqsa, biz uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bolalar adabiyotini rivojlantirishga alohida e’tibor berishimiz, mustaqil fikrlaydigan shaxslarning shakllanishi, har qanday kitobxonlik, mutolaa madaniyati bolalikdan boshlanishini doimo yodda tutishimiz lozim”.1 Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 9 sentabrda e’lon qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida alohida belgilab berilganidek, bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash haqidagi2 , 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari ham bu fanning maqsad mohiyatini oydinlashtirishga yordam beradi. Chindan ham bu jiddiy vazifani bajarishda, aniqrog‘i, mustaqil yurtning har tomonlama yetuk, barkamol avlodini tarbiyalashda asrlar osha xalq an’analari, milliy qadriyatlari, folklor namunalari, milliy adabiyotimiz va jahon xalqlari 1Bu haqda qarang:
adabiyoti an’analari zaminida voqelikka aylangan o‘zbek bolalar adabiyotining beqiyos o`rni bor. Yarim asrdan oshayotirki, pedagogika oliygohlari va kollejlarining boshlang‘ich ta’lim usuliyoti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishlari talabalari ushbu fanni chuqur o‘rganib kelmoqdalar. Bu davr mobaynida bolalar adabiyoti fani bo‘yicha chop etilib kelingan darslik va qo‘llanmalar tom ma’noda, yosh avlodni tarbiyalashda ruhiy va ma’naviy quvvat bo‘lib kelganiga shubha yo‘q. Ammo, XXI asr milliy bolalar adabiyoti namunalariga qo`yilgan talablarning ortgani bejiz emas. O`zbek bolalar adabiyotining badiiy jihatdan yuksak namunalariga keng e’tibor qaratish, yangi asr kichkintoylarining shiddat bilan rivojlanayotgan qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali talabalarda estetik, axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirish muhim ahamiyatga ega. O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yaratilishi XX asr boshlarida ma’rifatparvar pedagog va adabiyotshunoslar maqolalarida ko‘zga tashlangan bo‘lsa, ilk xrestomatiyalar va o‘quv qo‘llanmalarini tuzish harakati asr o‘rtalariga to‘g‘ri keldi. Pedagogika bilim yurti talabalariga mo‘ljallangan, I.Ahmedov, A.Suyumovlar tomonidan 1953-yilda birinchi marta tartib berilib, 1967-1978 yillarda qayta takomillashtirilib, nashr etilgan “Bolalar adabiyoti” xrestomatiyasi, 1957-yilda e’lon qilingan “Bolalar adabiyoti” o‘quv materiallari qo‘llanmasi shu harakatning dastlabki natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, 1973-yilda A.Suyumov tomonidan maxsus o‘rta o‘quv yurtlari uchun nashrga tayyorlangan “Bolalar adabiyoti” qo‘llanmasi o‘zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi. Bu qo‘llanma keyinchalik M.Jumaboyev tomonidan qayta ishlanib, 1995-yildan e’tiboran majmua va darslik sifatida kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari uchun amalda foydalanib kelinmoqda. Bu sohada P.Shermuhammedov, J.Tursunov, O.Safarov, X.Egamovlar muallifligidagi “O‘zbek bolalar adabiyoti” darslik xrestomatiyasi (1976), O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlab nashr etilgan “O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi ocherklari” (1978), “Bolalar adabiyoti va zamonaviylik”(1981), “O‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon” (1989) kabi monografiyalar ham o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. Biroq, o‘zbek bolalar adabiyoti va bolalar kitobxonligi mundarijasini o‘zida mujassamlashtiruvchi, XX asr o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarining g‘oyaviy, janriy, badiiy-kompozitsion jihatidan o‘ziga xosligi, ularning kichkintoylar, bolalar va o‘smirlar yosh xususiyatlariga ko‘ra ifoda olami kabilarni milliy istiqlol tafakkuri nuqtayi nazaridan chinakam tahlil va tadqiqot asosidagi ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo‘q. Zotan, ushbu qo‘llanma mazkur vazifani qisman ado etish maqsadini ko‘zda tutadi. Bunda o‘zbek bolalar adabiyotining bir asrlik tarixi, tadrijiy taraqqiyot xususiyatlari, XX asr bolalar adabiyotidgi fenomen yozuvchi va shoirlarning ijodi umymlashtirilishga, shuningdek, istiqlol davri bolalar adabiyotining yangi tamoyillariga munosabat bildirishga e’tibor qaratildi.
Xalqda “adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga e’tibor” deyiladigan juda katta ta’lim-tarbiya o’zida jamlangan umumlashma bor. Bu umumlashmada adabiyotdan xabardor bo’lgan bolaning ilmi, odobi, yurish-turushi, muomalasi, ota-ona va vatanga mehr-muhabbati risoladagidek bo’lishi masalasi ilgari suruladi.
Barchamizga malumki, bolalar adabiyoti so’z san’ait va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli va ona-Vatanga muhabbatli qilib tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, anashu yuksak talablarga javob bera oladi. Demak, bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtaiy nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiy tilga suyunadi. Adabiy asarningtili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining mahsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Bolalar yozuvchilarning eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi, ona diyorimizga, ehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosif farandlari bo’lishga chaqiradi.Kitob bolani dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, harakterini tarbiyalaydi, ilm fanga muhabbatini oshiradi.Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg’ularini o’stiradi.
Adabiyotga, kitobga muhabbat qo‘yishning o‘zida hikmat bor. Avvalo, kitob hayotda odamga katta yo‘lni topib olishga ko‘maklashadi. Yaxshi bilan yomonni ajratish, milliy qadriyat- larimiz — ajdodlarimiz qoldirgan boy meroslarga hurmat hissini uyg‘otib, yoshlarning ongini yuksaltirishga yo‘l ochadi.
Mana shunday buyuk maqsadni ado etadigan bolalar adabiyotimizning paydo bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri kuchli bo‘ldi. Shuningdek, bolalar adabiyoti taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg‘ariyning „Devoni lug‘otit turk“ asarini eslash o‘rinli. XI asrning buyuk tilshunos olimi o‘z kitobiga juda ko‘p ma’lumotlarni jamlagan. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo‘lib, og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib yurgan maqollar, rivoyatlar, qo‘shiq va lirik she’rlardan namunalar keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo‘shiqlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozil­gan darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq- odobi haqida materiallar beriladi.
O‘zbekxalqiningulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkirivabuyukshoiriAlisherNavoiyijodidayoshlartarbiyasigabag‘ishlangansahifalarnihoyatdako‘p. Ubolalarniilm-hunaregallashga, mehnatnisevishgaundaydi, builmvahunarnixalq, vatanmanfaatlariyo‘lidasarfqilishzarurliginialohidauqtiradi.
Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘ ilmning mahzanin, qarigan chog‘da sarf qilg‘il ani“ — shoir- ning shiori ana shunday. U yoshligidan o‘qishga beriladi. Bolaligidanoq ko‘p she’rlarni yodlaydi. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini qayta- qayta o‘qib, yod oladi. Alisher Navoiy davlatda yuqori mar- tabaga erishgach, maktab va maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. U bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurishda g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida do‘sti, podshoh Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi. Shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratadi. Buning uchun o‘z hisobidan lozim bo‘lgan mablag‘ni ajratadi.
Navoiy o‘qituvchini quyoshga o‘xshatadi. Quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochganidek, mudarris „abjalxonalar“ni yoritadi, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarni ilm nuridan bahramand etib, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini badiiy asarlarida komil insonlar sifatida tasvirlangan ijobiy obrazlari orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, ilm-fanning xislati, qudratiga juda katta baho beradi.
2-mavzu: Bolalar folklori

1.Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi.


2. Xalq og‘zaki badiiy ijodi haqida ma’lumot.
3.Bolalar folklori haqida tushuncha. Bolalar fol’klori tabiati va janriy tarkibi.
4.O‘zbek bolalar fol’klori namunalarini to‘plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o‘rganish.
5.Bolalar o‘yin folklori.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling