Bolalar adabiyoti
Download 0.85 Mb.
|
NAFOSAT BOLALAR ADABIYOTI (1)
Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan (yana qarang Bolalar oʻyin qoʻshiqlari). Bola tarbiyasida qoʻshiqning roli juda katta. Qoʻshiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri boʻlib, kuylashga moʻljallangan bir necha bandli sheʼrdan iboratdir. Qoʻshiqlar kuy-ohang bilan aytiladi. Baʼzan qoʻshiq oʻyin bilan birga ijro etiladi. Demak, qoʻshiq uchun sheʼr va kuy kerak. Qoʻshiq xalq ogʻzaki ijodining eng koʻp tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, “Alla” qoʻshigʻi yetakchi oʻrinda turadi. Beshik qoʻshigʻi – allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qoʻl-oyoqlarini qimirlatishi, imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona endigina olamga kelgan doʻmbogʻidan shod, xursand holda berilib alla aytadi. Garchand norasida allaning mohiyati nimadan iborat ekanligini hali uncha his etmasa-da, baribir ona alla aytaveradi. Ona oʻz allasida atrofni qurshab turgan olamni qoʻshib aytadi. Butun borliq kechasi uxlashi – dam olishi va shu jumladan, kichkintoyi ham uxlashi zarurligini berilib aytadi: Yot, bolam, uxla, qoʻzim, Uylarda oʻchdi chiroq. Uxlar asalarilar, Uxlar baliqlar tinchroq. Koʻkda oy yarqiraydi, Derazadan qaraydi. Koʻzlaring yumgin, qoʻzim, Yot, quvonchim, qunduzim! Alla, alla, Suv sepganday, uylar tinch… Qorongʻi hujralar tinch… Hech darvoza tiq etmas. Koʻzlaringni yum, qoʻzim, Ovunchogʻim, qunduzim! Alla, alla. Qushcham gʻamsiz yashaydi, Uning har dam vaqti chogʻ. Shirinliklar moʻl-u koʻl, Koʻpdir qiziq oʻyinchoq. Bari sengadir, qoʻzim! Yigʻlama, quvonchim, qunduzim! Alla, alla. Alla, alla, alla-yo. Uxla qoʻzim, alla-yo. Yum koʻzingni, yulduzim, Yum-yum koʻzingni, qunduzim. Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi, tabassumi kerak. Norasida chehrasida paydo boʻlgan dastlabki kulgu ona uchun katta shodlik, bayram hisoblanadi, uning butun vujudini nurga burkab yuboradi: Dilimdagi himmatim, alla, Ogʻzimdagi novvotim, alla. Daryo suvga toʻlayotir, alla, Oʻgʻlim menga kulayotir, alla. Oʻgʻlim menga qarab kulsa, alla, Koʻnglim nurga toʻlayotir, alla. Ovuntirish – allani hamma – onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Alla asta-sekin ommaviy qoʻshiqqa aylanadi. Qoʻshiqlar uzoq yillar mobaynida davom etadi. Aytaylik, chaqaloqni birinchi bor beshikka solayotganda aytiladigan qoʻshiqlarda, avvalo, beshikka taʼrif-tavsif beriladi. Aslida beshik yogʻoch-taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murgʻakka huzurbaxsh joy boʻlishi har bir beshik qoʻshigʻida chiroyli ifodaga ega: Beshigi taxta, Orqasi paxta. Egasi keldi, Kuchugi qoch. Ichida yotganning Bahrini och. Chaqaloq beshikda maza qilib uxlab, orom olib boʻlgach, norasidani beshikdan olayotganda aytiladigan qoʻshiq ham nihoyatda muxtasar aytiladi. Alloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa – dushman uning uyqusini buza olmaganligini quyidagi toʻrtlikdan bilib olish qiyin emas: Taqa-tuqi gavora boʻlsin, Dushmani ovora boʻlsin. Uyqusi beshikda qolsin, Dushmani eshikda qolsin. Xalqda chaqaloq uchun xavfli kunlar ham borligi alohida qoʻshiqlarda taʼkidlanadi. Toʻqqiz kunlik boʻldimi, tamom, u yashab qolishi, endilikda xavf-xatardan butunlay xoli boʻlib olganligi, doʻst ustiga doʻst orttirib, shu xonadonning haqiqiy aʼzosiga aylanib qolganligi mana bu qoʻshiqda toʻla-toʻkis ifoda etilgan: Toʻqqizdan oʻtdi bu bola, Endilikda oʻlmas bu bola. Bogʻlarning gʻoʻrasi bu bola, Bolalar joʻrasi bu bola. Shu uyning toʻrasi bu bola, Shams-u qamar-u sitora, Hamrohidir shu bola. Xalq hayotda hech qachon shoshilmaydi, shoshqaloqlikka yoʻl ham qoʻymaydi. Hamma narsa oʻz oʻrnida, oʻz yoʻlida bir meʼyorda davom etishini orzu qiladi. Bu gapning tasdigʻini oʻsha yangi olamga kelgan chaqaloq, u bilan bogʻliq boʻlgan rasm-rusum misolida bilib olish ham mumkin. Mana, bolaning tishi koʻrindi. Bu voqea ota-ona uchun ham, shu oila aʼzolari-yu butun qavmqarindoshlar uchun ham katta voqea. Bahor keldi, qish chiqdi, Chaqaloqqa tish chiqdi. Kichkintoy deb oʻylamang, Unga ham yumush chiqdi. Ovqatini chaynashga, Har kuni bir ish chiqdi. Xuddi shuningdek, bola tetapoya qilib, birinchi bor qadam tashlaganda aytiladigan qoʻshiq ham juda jozibali: Adoq-adoq yurisin, Tikon shunga kirmasin. Koʻzi qattiq bandalar, Koʻzi shunga kirmasin. Kiyim-lattaning umri qisqa, deyishadi keksalar. Bu gap xalq qoʻshiqlarida ham oʻz ifodasini topgan. Bolaga yangi kiyim kiydirilayotgan paytda aytiladigan qoʻshiqlarda xalq gapning loʻndasini aytib qoʻya qolgan: Tepa-tepa toʻzdiray, Mingan otim oʻzdiray. Sen – bir yillik, Men – yuz yillik. Yoqasi moyli boʻlsin, Etagi loyli boʻlsin, Mayli, bir yilda toʻzsin, Oʻzi-chi, yuz yil kulsin! Xalq qoʻshiqlarida rasm-rusumlar rang-barang. Hammasi oʻrinli. Hammasi zarur. Masalan, qizaloqning sochini ilk bor yuvib-taraganda aytiladigan qoʻshiqlarda sochning uzunligi, qalinligi, koʻrsakoʻrgudekligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada koʻrkamligi obdan maqtaladi. Ayrim qoʻshiqlarda sochning taʼrifi oy-u quyosh bilan bogʻlab kuylanadi. Baquvvat sochning uzunligi choʻzsa oy va quyoshga ham yetib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi: Oyda – quloch, Kunda – tutam. Senga – kuyov, Menga – palov. Shu zaylda beshik qoʻshiqlari kenja avlod kamolotida oʻziga xos tarbiya rolini oʻtaydi. Kichkintoylar ota-onalaridan, bobomomolaridan chiroyli, taʼsirli alla, qoʻshiqlar tinglab, tillari biyron, oʻktam, ziyrak boʻlib ulgʻayar ekanlar endilikda oʻzlari ham hayot yoʻllarida qoʻshiq toʻqib, qoʻshiqlar qanotida oʻsib-ulgʻayishga harakat qiladilar. Bunday qoʻshiqlarning oliy namunasi “Chittigul” turkumiga kiradigan qoʻshiqlar boʻlishi mumkin. “Chittigul” da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi: Oq sholiga koʻk sholi, Oq sholini oqlaylik, Koʻk sholini koʻklaylik, Yaxshi kunga saqlaylik, Ha-yu, chittigul, Ha-yu, chittigul singari misralarga nazar soladigan boʻlsak, turi, rangini eslatish orqali sholi hosili juda moʻl boʻlganligini; bu moʻl-koʻl sholini pala-partish qilib yeb tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga koʻp gapiramiz. Yuqoridagi qoʻshiqdan ayon boʻlishicha, otabobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni oʻz farzandlariga qattiq oʻrgatib kelishgan. Endi mana bu misralarga razm soling: Joʻxorilar boʻldi oq, Qoʻnma, shum qorayaloq! Agar qoʻnsang, urayin, Boʻlar oyogʻing choʻloq. Ha-yu, huvv! Koʻrinib turibdiki, kattalarning mehnati bilan joʻxori ekilgan. Bugungi kunda u hosilga kirgan. Agar joʻxori qoʻriqlanmaydigan boʻlsa, qargʻa, quzgʻunlar yeb, ekinni barbod qiladi. Bu ish kenja avlod – bolaga topshirilgan. Bolaning gʻayrat-shijoati, ekinni saqlab qolish uchun urinishi, oʻylaymizki, bugungi bolalarga ham namuna boʻladi. “Agar qoʻnsang, urayin, boʻlar oyogʻing choʻloq” deyishi qaysi bolani kattalarning mehnatiga koʻmaklashishga daʼvat etmaydi deysiz! Lekin bolalarni qushlarga don berishga, in qurishga ham oʻrgatish kerak. Yuqorida koʻrib oʻtganimizdek, goʻshiqlar bolalarning nafosatini oʻstirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, doʻstlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Maʼlumki, ogʻzaki adabiyot yozma adabiyot paydo boʻlmasdan ilgari, uzoq oʻtmishdayoq mavjud boʻlgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va maʼnaviy boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq ogʻzaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan boʻlib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bogʻlangan. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va oʻziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qoʻshiqlar, topish – moqlar, maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib tinglaydilar va oʻqiydilar. Xalq ogʻzaki ijodi bilan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab tanisha boshlaydilar. Xalq ogʻzaki poyetik ijodidagi obrazlarning yorqinligi, soʻz maʼnolarining aniqligi, matnning ohangdorligi, musiqiyligi kabi xususiyatlar bola ruhiga orom, huzur bagʻishlaydi, uni oʻziga mahliyo etadi. Yana bir narsani alohida taʼkidlab oʻtish lozimki, kichik va oʻrta yoshdagi bolalar qahramonlik dostonlarini zavq-shavq bilan oʻqishadi, ertak, qoʻshiq va topishmoqlarga gʻoyat qiziqishadi. Xalq ogʻzaki poyetik ijodida yaxshilik yomonlik ustidan, toʻgʻrilik egrilik ustidan gʻalaba qiladi, mehnatkash xalqning intilishlari, turli orzu, istaklari haqqoniy va favqulodda qiziqarli ravishda hikoya qilinadi. Koʻrinib turibdiki, xalq ogʻzaki ijodida mehnat ahlining urf – odati, tabiat va jamiyat hodisalariga boʻlgan munosabati, baxtli hayot haqidagi ezgu tilak va orzulari, qaygʻu va shodlik hislari, ularning qahramonlik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuygʻulari, dushmanga nisbatan gʻazab va nafratlari, yengilmas iroda-yu haqiqat, adolat, baxt haqidagi oʻy va tushunchalari aks ettiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling