Bolalar adabiyoti


Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati


Download 0.9 Mb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#251825
1   2
Bog'liq
BOLALAR ADABIYOTI

Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati

  • Oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bogʻliq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy koʻrinishdagi ziddiyatlariga asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.

Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
  • Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi.

Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa oʻnlab maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari oʻzbek Bolalar adabiyoti ning tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.

Xudoyberdi Toʻxtaboyev katta-yu kichik bolalarning suyukli adibi. U hozirgi zamon oʻzbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastik janrlarining rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelayotgan isteʼdodli adib sifatida kitobxonga maʼlum va mashhurdir.
  • Xudoyberdi Toʻxtaboyev 1932 yilning 17-dekabrida Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumaniga qarashli Katta Tagob qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi Toʻxtaboyev ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas qishloqda boʻladigan hamma sohalarda qoʻlidan kelganicha mehnat qildi. Hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi.
  • Boʻlajak adib ikkinchi jahon urushi yillarida oʻqishni yigʻishtirib qoʻyib, dalada ketmon chopdi, hisobchilik qildi, mashaqqatli mehnat bilan suyagi qotdi.
  • X. Toʻxtaboyev bolalikdan toʻgʻri soʻz, halol, pok va mehnatsevar boʻlib oʻsdi. Gazetada ishlar ekan, baʼzi nopok odamlarni koʻrib, ularning qilmishlarini hazm qila olmadi. Bunday kishilarning sir-asrorlarini fosh etishga, el-yurt oʻrtasida munofiqlarning yaramas tomonlarini ochib tashlashga qaror qildi. Bu borada unga feleton janri qoʻl keldi. 1962 yilda respublikamizning otaxon gazetasi – “Oʻzbekiston ovozi”ga feletonchi boʻlib ishga oʻtdi. Bu yerda 300 dan ziyod feleton yozdi.
  • “Hadik”, “Tilxat”, “Ona”, “Xarakteristika”, “Barvaqt aytilgan azon”, “Domlaning uyiga oʻt ketdi”, “Maxsus topshiriq”, “Jonginam, shartingni ayt” kabi kattalar uchun qissa va hikoyalar yozgan Xudoyberdi Toʻxtaboyev bolalar uchun ham hikoyalar yarata boshladi. Uning “Birinchi daraxtim”, “Qochoqlar”, “Qizgʻanchiq”, “Dadajon, yozmang”, “Kelvordim, dada”, “Vali bilan Salim”, “Shoshqaloq”, “Yaxshi-yaxshi” singari oʻnlab hikoyalari yosh kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

“Sariq devni minib”da oʻqish, ilm choʻqqilarini egallash uchun va insonning oʻz orzusi, ezgu niyatiga erishish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan zamonimizda yashashiga qaramay, dangasalik, yalqovlik qilgan, hayotda yengil-yelpi yoʻl axtargan va adashgan bolalar – Hoshimjonlar kulgi ostiga olinadi
  • Hoshimjon dehqon oilasidan chiqqan, shoʻxligi olamni buzadigan bir bola. U hayotidagi koʻp narsaga mehnatsiz, qiyinchiliklarsiz oson yoʻl bilan erishgisi keladi. Mehnatsiz va ilmsiz ham kishi istagan narsaga erisha olishi, katta obroʻ orttirishi mumkin, deb oʻylaydi. Oʻz fikrida qatʼiy turgan Hoshimjon muddaosini amalga oshirish uchun buvisi aytib bergan ertakdagi sehrli qalpoqchani izlashga tushadi. Uzoq izlanishlardan keyin istagan ishini hech qanday mashaqqatsiz bajarishga yordam beradigan sehrli qalpoqchani tashlandiq molxonadan topib oladi. Endi u oʻzini orzulariga batamom erishadiganday his etadi. “Ortiqcha” fanlarni dars jadvalidan chiqarishni rad etgan direktor, har xil vazifalar berib “miyasini qotiradigan” oʻqituvchilariga oʻqimasdan ham har qanday kasb egasi, mashhur odam boʻla olish, koʻkrak toʻla ordenlar bilan shon-shuhratlar, katta obroʻga ega boʻlish mumkinligini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻladi va shu maqsadda sehrli qalpoqcha bilan safarga chiqadi. Shunday qilib, uning sarguzashtlari boshlanadi.
  • Qissada Hoshimjon oʻz sayohati davomida qanchadan qancha ajoyibotlarning guvohi boʻlib, qiziq, kulgili sarguzashtlarni boshidan kechiradi. U oʻqimay, mehnat qilmay, oʻz ustida ishlamay juda koʻp narsalarga erishmoqchi boʻladi, lekin hech narsaga erisha olmaydi. Chunki unga ilmsizligi pand beradi.
  • Yozuvchi Hoshimjon obrazini butun qirralari bilan ochishga uringan. Bolalarga xos oʻyinqaroqlik ham, soddalig-u begʻuborlik ham, gʻururlik, toʻgʻri soʻzlik, shumlik, biroz maqtanchoqlik, hatto oʻrnida yolgʻonni ham doʻndirib yuboradigan, oʻzini boshqalardan ajratib koʻrsatishga intilish odatlari, bolalarga taqlidchilik, dovyurak, epchil va ruhiy tetiklik, xafachilik va ruhiy tushkunlikdan yiroqlik Hoshimjon xulq-atvoriga xos xususiyatdir.

Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devning oʻlimi” sarguzasht romani uch qism (“Oʻrtoq polkovnik”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning oʻlimi yoki olam guliston boʻlgani”)dan iborat. Bu roman asosida ham Hoshimjon sarguzashtlari yotadi. Kitobni oʻqib uning yangi sarguzashtlaridan xabardor boʻlasiz, sehrli qalpoqcha yana madadga keladi, ajoyib-gʻaroyib karomatlar koʻrsatadi. U Hoshimjonga jiddiy masalalarda – oʻgʻri, muttaham, tekinxoʻrlarni fosh etishda yordam beradi.
  • Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida oʻzbek Bolalar adabiyoti da koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
  • Bolalar adabiyoti ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda oʻzbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling