Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi


Download 0.74 Mb.
bet10/76
Sana21.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1217716
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
matematik tasavvurlar majmua 2019

2. Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi.
Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, seminarotga bog`lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita hap-xil mashq va masalalar ni echishga o`tish yo`li bilan bu prinsip keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni ko`zi bilan ko`rib yurgan xonada, ko`chada, uydagi narsalar bilan bog`langan holda mashg`ulot o`tish, ya'ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushinib olishiga, o`zlashtirishiga yordam beradi.
3.Ko`rsatmalilik prinsipi.
Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog`liqdir. Matematikani o`qitishdan asosiy maqsad — mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iboratdir; biroq matematikani o`qitish aniq fakt va obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o`rganishi shu aniq fakt va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak.
Ko`rgazmalilik o`quv materialini o`zlashtirishni osonlashtiradi va bilimning mustahkam bo`lishiga yordam beradi.
M: doira haqida gapirganimizda bolaning har biriga doirachalardan berib qo`yib bolalar ikki qo`llari orasida ushlab ko`rishlari kerak. Uning dumaloq ekanini, tekis ekanini qo`l uchidagi bolaning hamma analizatorlari qatnashgan holda eslarida yaxshiroq qol adi.
4. Bilimlarni o`zlashtirishda sistemalilik, ketma-ketlik va mustahkamlilik prinsipi. Matematikada materialni sistemali bayon etishning ahamiyati juda katta, chunki matematikada ayrim faktlar orasidagi mantiqiy bog`lanishlar g`oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim alohida-alohida bo`lib qolmay, bir- biri bilan bog`langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin murakkablashtirib borilishi lozim.
Puxta o`zlashtirish esa matematikada ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Matematik tushunchalar o`zaro shu qadar bog`langanki, majburiy minimumning biror qisminigina bilmagan taqdirda ham bolalar o`z bilimlarini hayotda foydalana olmay qoladilar va matematik bilim olishni davo’l ettirish qiyinroq bo`ladi.
Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta egallashining ham ahamiyati juda katta. Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, programmaning biror qismini yaxshi o`zlashtirmasdan va malakann yaxshi mustahkamlamasdan turib, muvoffaqiyat bilan oldinga qarab borish mumkin emas.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling