Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


MATEMATIKA MASHG`ULOTLARINI O`TKAZISHGA QO`YILGAN TALABLAR


Download 0.74 Mb.
bet16/76
Sana21.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1217716
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
Bog'liq
matematik tasavvurlar majmua 2019

MATEMATIKA MASHG`ULOTLARINI O`TKAZISHGA QO`YILGAN TALABLAR:
1. Matematika mashg`ulotlarida son — sanoq bo`limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo`limlarini ham rejalashtirish, son — sanoq bo`limidagi dastur vazifasi hamma mashg`ulotlarda ham asosiy o`rinni egallashi kerak.
2. Har bir mashg`ulotda ikki uch programma vazifasi planlashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti — sakkiz mashg`ulotdan keyin takroriy tipda mahgulotlarni o`tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika mashg`ulotlarida eng asosiy o`rgatish usuli ko`rgazmali o`rgatish usulidir. O`rgatish usulida harakatli o`yin, didaktik o`yin usullari katta o`rin egallaydi.
5. Matematika mashg`ulotlarida programma mazmuni ko`rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o`rta gruppada mashg`ulotlarni yakunlashda tarbiyachi programma mazmunida bolalarga tushunarli so`zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
Pedagogik masala
Maktabga tayyorlov gruppasida matematikaga qiziquvchi bir necha bola bor edi. Ular qiziqarli masalalarni o`ylab tolar edilar. Bu masalalar barcha bolalar bilan birgalikda muhokama qilinadi.
Original masalalarni tarbiyachilar maxsus daftarlariga yozib olardilar.
Nazorat savol va topshiriqlari
1. Tarbiyachilar to`g`ri ish olib borishganmi?
2. Mashg`ulotlarda va kundalik hayotda bunday bolalarga individual yondashash nimadan iborat bo`lishi kerak?

7-MA'RUZA: Hayotinini uchinchi to’rtinchi yilida bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish
Reja:
1. III-IV yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish hususiyatlari.
2. Bolalarga geometrik figuralar va teshiklarni amalda bir-biri bilan solishtirishni o'rgatish.
3. "Namunaga qarab tanlash" , bolalarni predmetni ko'z bilan ko'rib taqqoslashga o'rgatish.
Tayanch so’zlar va iboralar: shakl, katta-kichik, taqqoslash, quticha, sensor tarbiya, figura.
III-IV yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan tanishtirish hamda ularda bu hossalarni to'g'ri idrok qilish ko'nikmalarini rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to'g'ri hal qilinsa, bolalarning faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va hatto ahloqiy tarbiyasi ham shunchalik muvofaqiyatli bo'ladi, ya'ni bolalar umuman samarali rivojlanib boradi. Masalan, bir yarim yashar bola ariqning kengligini chamalab ko'rib, uning ustidan hatlab o'ta oladimi; ikki yoshli bola besh bo'lakdan iborat martyoshkani to'g'ri yig'a oladimi; maktabgacha tarbiya yoshdagi bola shakli va barglariga qarab ikki hil gulni bir-biridan farqlay oladimi, bu gullarning shakli va rangini chizayotgan rasmida aks ettira oladimi - bularning hammasi ma'lum darajada bolaning idrok qilishining qanchalik rivojlanganiga bog'liq bo'ladi.
Bola ikki-uch yoshida, - deb yozadi L.A.Venger, - o'zining sensor rivojlanishida muhim qadam qo'yishi lozim, ya'ni bu buyumlar o'rtasida, ularning shakli, katta-kichikligi, bo'shliqdagi holati, rangi va boshqa hossalari bo'yicha mavjud bo'lgan munosabatlarni ("bir hil" va "har hil", "katta" va "kichik" munosabatlarni) belgilab chiqishni o'rganishi kerak.
Shakllarni to'g'ri idrok qila olish, mo'ljallay bilish qobiliyati seminar faoliyatning ko’pgina turlarida, ayniqsa, ikki-uch yoshli bolalarning asosiy faoliyati - narsalarga oid faoliyatida juda ish beradi. O'z navbatida faqat narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning qismlarini birga qo'yish (masalan, qutichani o'z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki matryoshkaning har ikki bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki narsani shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biriga taqqoslash kabi seminar vazifalarni o’rtaga qo'yish bilan sensor harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Narsalarni har to’lonlama tekshirish, hisobga olish va shakliga qarab solishtirishni bilmaydigan bola bunday seminar vazifalarni hal qila olmaydi.
Bundan 300 yil muqaddam buyuk Cheh pedagogi Yan Amos Komenskiy bolalarga ta'lim va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib, kishida narsalarni his qilish qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun hayoti mobaynida uning ko'p narsalarni bilib olishi, sinab ko'rishi va bajarishiga to'g'ri keladi, deb yozgan edi. Komenskiy bolalarning sensor tarbiyasini to'g'ri tashkil etishga katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq voqealikdagi hilma-hil rangdagi buyumlarni bir-biridan ajrata bilishga mashq qildirishni taklif etgan edi. U "Ona maktabi" nomli asarida katta yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda ularning e'tiborini osmon gumbazi, darahtlar, gullar guzalligiga jalb qilish va chiroyli kiyimlar kiyintirishni maslahat bergan edi.
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqealikda ham ko'rsatish juda foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi Komenskiy.
Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda narsalar bilan bo’ladigan harakatlarning rivojlanish darajasini, jumladan ularning ikki narsani shakliga qarab bir-biriga taqqoslay olish ko'nikmasini, mahsus tashkil etiladigan o'yin faoliyatida namoyon bo'ladigan bu ko'nikmani o'rganishdan boshlanadi. Olib borilgan ish quyidagilarni: a) geo’letrik figuralarni quticha teshigiga yoki tahta o'yiqlariga solish harakatlarining mazmuni va hususiyatlarini; b) ikki yoshga qadam qo’ygan bolalar ikki narsani qanchalik taqqoslay olishlari va bu vazifani hal qilish uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v) hajmli va yassi figuralar bilan bir turkumi seriyali o'rgatiuvchi mashg'ulotlar o'tkazishning eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni dastavval bolaga nimani taklif qilish kerakligini - hajmli figuralar bilan o'tkaziladigan harakatlarnimi yoki yassi figuralar bilan bo'ladigan harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim.
1 bosqichda tarkib toptiruvchi vazifalarga muvofiq geometrik figuralarni ularning shaklini hisobga olib qutichaga va tahta teshiklariga to'g'ri tushirish yoki qo'yish o'rgatildi. O’rgatish jarayonida ilk yoshdagi bolalar oliy nerv sistemasi va psihikasining rivojlanishiga oid bir qator o'ziga hos hususiyatlarni hisobga oldik. Bu hususiyatlar N.M.Shchelovanov va N.M.Aksarina tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan bo"lib, quyidagilardan iborat edi: tormoz - harakatga keltirish reaksiyalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi (bir yarim yoshgacha bo'lgan bolalarda), ixtiyoriy harakatlarning sust rivojlanganligi (buning natijasida nutq bilan bog'liq bo'lgan topshiriqlarni yahshi bajarmaydilar), maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga nisbatan ularda diqqatning beqaror bo'lishi.
Shuning uchun ham biz solishtirish harakatlarini o'rgatish vaqtida foydalanilgan metodik usullarni ham shunga muvofiq tanladik:
1. Figuralar bilan teshiklarning shaklini bolalarga barmoqlar yordamida havoda yasab ko'rsatish. Bolaning diqqat-e'tiborini harakatlar va predmetlarga jalb qilish, shuningdek ularni kattalarga o'xshab figuralar shaklini havoda chizishga undash maqsadida barcha harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish.
2. Harakat usullarini ko'rsatish va tushuntirib berish. Masalan, "Sharcha dumaloq, uni dumaloq teshikka tushiramiz", "Kubik qanday shaklda bo'lsa, tushiriladigan teshik ham shunday shaklda bo'ladi" va hokazo. "Huddi shunday", "Yo'q unday emas" degan so'zlarni aytib bolaning diqqatini predmetlarning uhshashi yoki farq qilishiga qaratish.
3. Bolaning harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, figuralarni quticha va tahtaning teshiklariga tushirayotganda unga yordam ko'rsatish.
Biz bolaga solishtirib ko’rish harakatlarini mashq qilish imkonini berar ekanmiz, har bir topshiriqning bajarilishi ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatib boramiz.
O’rgatish jarayonida bolaning qiziqishini (mo'ljallash faoliyatini) oshirish maqsadida topshiriqlarning uchala usuli bir-biri bilan ketma-ket almashtirib turildi, bu navbat keyinchalik ham saqlab qolindi.
Bizning bundan keyingi tajribalarimiz bolalarning ikkita predmetni shakli bo'yicha bir-biriga o'xshasligini belgilash ko'nikmasidan predmetlarni namunaga qarab tanlab olish sharoitida, tashqi mo'ljallash harakatlarini bajarishni istesno qiladigan tanlab olish sharoitida shakldarning yangi turlariga o'tishga bag’ishlanadi.
1 bosqichdagi o'rgatish ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, seminar topshiriqlarni bajarish jarayonida tarkib topgan tashqi mo'ljallash harakati flguralarning teshikka taqqoslanishiga oid seminar vazifaning o'zini ham muvoffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Bolalar flgura va teshiklarning burchaklari hamda to’lonlarni bir-biriga mos kelishi yo'li bilan ularning bir xilligini yoki bir xil emasligini aniqladilar, bunda ular shakllarning fazoda o'zaro mos kelishi kabi mezonga asoslandilar.
Agar bu o'rinda teshikning shakli etalon funksiyasini bajaruvchi namuna, figura va tekshirilayotgan ob'ekt bo’lib hizmat qilsa, bolalar ob'ektlarini o'zaro shakliga qarab taqqoslashni o'rganib oladilar, shu bilan birga ob'ektlarning bittasidan boshqasining shakliga baho beradigan o'lchov sifatida foydalandilar, deb hisoblash mumkin.
Biz ikkita ob'ektni fazoda bir-biriga joylashtirish va harakat natijalarini oldindan ko'z bilan ko'rib turishharakatlarini muvoffaqiyatli bajargan bolalar "namunaga qarab tanlash" vazifasini ham ko'z bilan ko'rib bajara oladilar, ya'ni namuna bilan taqdim qilingan har bir ob'ektni tekshirish va ularning bir xilligini shakliga qarab belgilashni biladilar, degan fikrda edik. O’rgatish natijasida bolalar ikki yarim yoshdan boshlab pertseptiv harakatlarni o'zlashtirib olganlaridan keyin murakkab shakldagi figuralarni namunasiga qarab tanlash vazifasini bajara oladilar. Ma'lumki, pertseptiv harakatlarda namunaning tanlash uchun taklif qilingan ob'ektlar bilan birga joylashuvi amalga oshiriladi va shakllarning mos kelishi bir xillik mezoni sifatida foydalaniladi.
Ko'rsatib o'tilgan tajribada bolalar yassi figuralar bilan ish ko'rgan bo'salar, endi ular hajmli jismlar va figuralar .bilan ish ko'radilar. Bu figuralarni bir-biriga joylashtirish yoki fazoda namunani va ob'ektni bir-biriga sig'dirish mumkin emas.
Bajariladigan ishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Ikki xil shakldagi qiziqorinlarni namunaga qarab tanlash, bunda ularning rangiga e'tibor berilmaydi.
2. Ikki xil shakldagi vazachalarni namunaga qarab tanlash.
3. Ikki xil shakldagi matryoshkalarni namunaga qarab tanlash (bunda hajmga e'tibor berilmaydi).
4. Uch xil shakldagi bayroqchalarni namunga qarab tanlash (bunga rangga asosiy e'tibor qaratilmaydi).
Ilk yoshdagi bolalar uchun ko'p miqdordagi ob'ektlar ichidan namuna qarab tanlab olish vazifasi ob'ektlar orasidagi farqlar kamayganda ham qiyin ekanligini hisobga olib, o'rganish jarayonida ularga har tomonlama yordam ko'rsatildi. Namunaga qarab tanlash bo'yicha berilgan topshiriqlar oralig'ida bolalar ikkita ob'ektni o'zaro taqqoslash harakatlarini unutib qo’ymasliklari uchun ular bilan geo’letrik figuralarni teshikka tushirish bo'yidia mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tarbiyachi bolaga "huddi shunday figurani" ko'rsatishni taklif qilib, namunaning shaklini qo'li bilan fazoda yasab ko'rsatdi, uni tanlab olinadigan flguralar bilan bir qatorga qo'ydi va namunani figura bilan taqqoslash harakatiga bolaning o’zini ham jalb qildi, uning shakli bo'yicha o'xshashligini yoki farq qilishini aniqlashni topshirdi.
Ikki xil shakldagi qo'ziqorinni namunaga qarab tanlash. qo'ziqorinlar bilan o'tkazilgan mashg’ulotda tarbiyachi ularning shaklini barmog’i bilan havoda "yasab" ko’rsatayotib, bolalarga: "Bu qo'ziqorinning oyog'i ingichka, qalpog’i esa katta", "Ikkinchi qo'ziqorinning oyog'i yo’g'on, qalpog’i esa kichik", deb tushuntiradi. Tushuntirishdan key in har ikkala shakldagi qo'ziqorin bolalar stoli ustiga qator qilib qo'yiladi. Bolalar tarbiyachi taklifiga ko'ra har bir qo'ziqoringa mos keladigan 3 ta qiliz va 2 ta jigar rang qo'ziqorin tanlashlari kerak. Tarbiyachi ko'rsatadigan qo'ziqorin esa bola tanlab olish kerak bo'lgan qo'ziqorin uchun namuna bo’lib hizmat qiladi. Qo'ziqorinlar bilan bo’lgan mashg'ulotda qatnashgan 26 bolalar 13 tasi vazifani to'g'ri tushunib, uni mustaqil hal qildi, ayrim hollardagina topshiriqni takrorlashga va tarbiyachining namunaning shaklini bilan yasab ko'rsatishga ehtiyoj sezdilar. Bu bolalar namunaning shaklini yasab ko'rsatishni diqqat bilan kuzatib turdilari katta yoshdagi kishiga taqlid qilib, qo'ziqorinning oyoqchasini aylantirib chiqishga va uning qalpoqchasini silashga harakat qildilar, har bir qo’ziqorinni uzoq ko'zdan kechirdilar.sinab ko'rilayotgan bolalar dastlabki talabga va "Sendagi huddi shunday qo'ziqorin qani?" degan savolga stol ustidagi har ikkala qo'ziqorinni ko'rsatdilar. Tarbiyachining: "qaragin, bu qo'ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki yo'g'on, uni qo'yish oson)" degan gapini eshitishi bilan, ular bir hildagi qo'ziqorinlarni tanlab, "Oyoqchasit ingichkami?", "Mana yana, mana yana!" degan so'zlarni ovoz chiqarib takrorladilar. Qo'ziqorinlarni qator qilib tizish, keyin ularni ko'zdan kechirish ko'p bolalarga ma'qul bo'ldi. Afsuski, qo'ziqorinlar jo’rini almashtirish ko'pincha bolalarning e'tiborini asosiy vazifa - namunaga qarab tanlashdan nechta tortar edi.
Mashg’ulotda qatnashgan bolalardan 10 tasi "Yana shunday qo'ziqorinlar qaerda?" degan savolga darrov tushunmadi, shuning uchun ham o'ylab o'tirmasdan, mujmal javob beradi, goh u, goh bu qo'ziqorinni ko'rsatdi. Namunalar bilan tanishib, qo'ziqorinlarga doir harakatlarga mahliyo bo'ladilar, yo'g'on oyoqli qo’ziqorinni "ochish" uchun ko'p harakat qildilar yoki urinib ko'rdilar, lekin uni oyoqchasi bilan turg'azib qo'yishda qiynalib, topshiriqni unutib qo'ydilar. Shuning uchun ham dastlabki tajribalarda tarbiyachi bolalar bilan birgalikda qo'ziqorinlarni ikki qator qilib qo'ydi, keyin ulardan o'zining qo'lidagi namunaga o'hshash qo'ziqorinlarni shu qatorlardan tanlab olishni so'radi. Yoki taqqoslash qulay bo'lishi uchun bolaga qo'ziqorin qalpoqchasini kafti bilan ushlab ko'rish, qo'li bilan qo'ziqorinning oyoqchasidan tutib turishini taklif qildi.
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o'zoq vaqt namunani ko'zdan kechirib turdilar, "xuddi shundaymi?" deb yana so'radilar, katta yoshdagi kishining qo'1 harakatlarini o’z qo’ziqor inlarida takrorladilar. Ko'rsatilgan ikkinchi jigar rang qo'ziqorinda ham xatoga yo'l qo'yildi: bola buni borshqa shakldagi jigarrang qo'ziqorin qatoriga kiritdi. Samarali o'rgatishning asosiy sharti bolaning vazifani bu o'rinda figuraning shakli bilan teshikning shaklini bir-biriga taqqoslash vazifasini tushinishidir.
Taqqoslash harakatlarini o'rgatish vaqtida quyidagi usullardan foydalanildi:
1. Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning barmoqlari bilan havoda yasab ko'rsatish, hamma harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish. Bu usul ilk yoshdagi bolalarga o'rgatishda katta ahamiyatga egadir; u bir tomonda, bolaning diqqat e'tiborini harakatlariga, predmetlarga jalb qilishga yordamlashsa, ikkinchi tomondan, katta yoshdagi kishining harakatlariga taqlid qilishga undaydi.
2. Bolaning hatti-harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, quticha va tahta teshiklariga figuralarni tushirish vaqtida seminar yordam ko'rsatish. Bolalarga taqqoslash harakatlarini mashq qilish imkonini berib, uning ko'zlangan natijaga erishuvini, fikri boshqa narsalarga chalg"imasligini,uning harakatlari hamisha ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatamiz. Figura tushirilishi yoki qo'yilishi lozim bo'lgan teshikni oldin ko'rsatishni ("qayerga qo'yish kerak") taklif qilinadigan mahsus usul foydali bo'ladi. Bunda quticha yoki taxta boladan birmuncha nariroqda ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruxsat etiladi. Bu usul bolaning topshiriqni baj arishdagi amalda sinab ko'rish harakatlaridan ko'z bilan ko'rib taqqoslashga o'tishiga yordam beradi. Figurani qo'yishdan oldin bolaning e'tiborini figuralar bilan teshiklarning farqini bilib olishga qaratish usuli juda qo'l keladi. Xulq-atvori shoshiladigan, tez tutoqib ketadigan va harakatlari ixtiyorsiz bo'lgan bolalarga o'rgatishda bu usul ayniqsa yaxshi samara boradi

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling