Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari


Download 0.74 Mb.
bet19/76
Sana21.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1217716
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Bog'liq
matematik tasavvurlar majmua 2019

Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari Didaktik o'yin ayni zamonda ko'proq kichik bolalar uchun xos bo'lgan o'qitish (o'rgatish) formasidir. Uning manbalari xalq Pedagogikasida bo'lib, unda qo'shiq aytib, turli xarakatlar bajarib o'ynaladigan o'yinlarni birga qo'shish asosida ko'pgina ta'limiy o'yinlar yaratilgan. Qazillarda, qo'shiq aytib o'ynaladigan o'yinlarda "Ladushki", "Qo'shim boshi", "Oq terakmi - ko'k terak" kabi o'yinlarda ona bolasining diqqat e'tiborini tevarak - atrofdagi narsaiarga qaratadi, ularni nomini aytadi.
Didaktik o'yinda bolalarning o'yin faoliyati uchun xos bo'lgan barcha strukturali elementlar: g'oya, mazmun, o'yin xarakatlari, qoidalari natija bor.
Didaktik vazifaning borligi o'yinning ta'limiy xarakterini, uning mazmuni bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilganligini ta'kidlaydi. Mashqulotlarda bolalar oldiga to'qridan -to'qri vazifa qo'yiladi. Masalan: "Sehrli qalpoqchalar sirini ochamiz" o'yinida tarbiyachi bolalarni narsa haqida gaprib berishga o'rgatish, ularning ravon nutqini rivojlantirish vazifasini qo'yadi. O'yin vazifasi - qalpoqcha ostidagi narsani bilib olishdan iborat bo'ladi. O'yin vazifasi ba'zan o'yinning nomida berilgan bo'ladi: "Ajoyib xaltachada nima bor ekan, bilib olamiz", "Kim qaysi uychada yashaydi" va qakazo. O'yinga qiziqish uni bajarishga intilish o'yin xarakatlari bilan aktivlashadi. Ular, o'yin xarakatlari qanchalik xilma-xil va mazmunli bo'lsa, bilish va o'yin vazifalari shunchalik muvaffaqiyatli qal qiladi.
Bolalarni o'yin harakatlariga o'rgatish darkor. Shundagina o'yin ta'limiy harakter kasb etadi va mazmunli bo'ladi. O'yin harakatlariga esa o'yinda sinash maqsadida yurish, harakatning o'zini ko'rsatish, obrazni ochib berish va hakazolar orqali o'rgatiladi.
Kichik bolalarning o'yinlarida o'yin harakatlari barcha o'ynovchilar uchun bir xil. Bolalar uchun o'yin vazifasi - ma'lum masofadan turib sharni darvozaga dumalatish kerak, bunda to'p darvozadan o'tayotganda unga osib qo'yilgan qo'nqiroqchalar jaranglab ketishi lozim.
Bolalar guruqlarga ajratilsa yoki o'yinda rollar bo'lsa, o'yin harakatlari xilma-xil bo'ladi. Masalan, "Magazin" o'yinida xaridorlar harakati sotuvchilar harakatiga qaraganda boshqacha, topishmoq aytish va uni topish o'yinlarida topishmoq aytuvchilar bilan jumboqni topuvchilarning o'yin harakatlari turlicha bo'ladi va hokazo.
O'yin harakatlari xajmi qam turlicha bo'ladi. Kichik guruhalarda - ko'proq takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda esa o'yin qarakati besh - oltita harakatni o'z ichiga oladi. Sport xarakteridagi o'yinlarda katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yin harakatlari vaqt jixatidan bo'lib yuboriladi va ketma-ket amalga oshiriladi. Keyinchalik, o'yin harakatlarini o'zlashtirib olgach, bolalar biror maqsadni ko'zlab, aniq, tez, bir - birlari bilan kelishib harakat qiladilar va o'yin vazifasini yaxshi bilib olgan sur'atda xal etadilar.
Qoida didaktik o'yin elementlaridan biridir. U ta'lim vazifasi hamda o'yin mazmuni bilan belgilanadi va o'z navbatida, o'yin arakatlari xarakteri va uslubini belgilab beradi, bolalarning xatti-xarakatini, ular bilan tarbiyachi o'rtasidagi o'zaro munosabatlami yo'lga qo'yadi va boshqaradi. Qoidalar yordamida tarbiyachi bolalarda o'zgaradigan sharoitda yo'l topib olish qobiliyati, paydo bo'lgan istaklardan o'zini tiyish, emotsional - irodaviy zo'r berish malakasini shakllantiradi. Buning natijasida bolalarda o'z xarakatlarini boshqarish, ularni boshqa o'ynovchilar xarakatlari bilan bog'lash qobiliyati rivojlanadi.
O'yin qoidalari ta'lim beruvchi (o'rgatuvchi), uyushtiruvchi va tartibga (intizomga) soluvchi xarakterga ega. Ta'lim beruvchi qoidalar bolalarga nimani qanday bajarish kerakligini o'rgatishga yordam beradi; ular o'yin xarakatlari bilan bog'liq bo'ladi, ularning rolini oshiradi, bajarish usullarini aniqlashtiradi; qoidalarning uyushtiruvchi xarakteri o'yindagi tartib, izchillik va bolalarning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi; o'yinning intizomga soluvchi xarakteri esa nimani qilish mumkin emasligini va nima uchun shunday qilmaslik kerakligini oldini oladi.
Tarbiyachi qoidalardan extiyotkorlik bilan foydalanishi, o'yinda ularni ko'paytirib yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina qo'llanishi kerak.
Tarbiyachi tomonidan o'rnatilgan o'yin qoidalarini bolalar asta-sekin o’zlashtirib oladilar. Shularni e’tiborga olib, ular o’zlari va o'rtoqlari xatti - harakatlarining to'g'riligini, o'yindagi o'zaro munosabatlarni baxolaydilar.
Didaktik o'yin natijasi - har qanday yo'l bilan erishilgan g'alabagina emas, balki bolalarning bilimlarini o'zlashtirishda, aqliy faoliyatni rivojlantirishda, o'zaro munosabatlarda erishgan yutuqlari ko'rsatkichidir. O'yin vazifalari, harakatlar, qoidalar, o'yin natijasi bir-biri bilan o'zaro bog'langan, ana shu tarkibiy qismlardan bo'lmasligi, o'yinning bir butunligini buzadi, uning ta'lim va tarbiyaviy ta'sirini kamaytiradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling