Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
X bob. Resurs ta‟minoti Boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‗yicha guruhlarning resursli ta‘minoti 15 - bu 6-7 yoshli bolalarni tarbiyalash va o‗qitish, rivojlantirishning samarali metodlarini o‗zlashtirayotgan pedagoglar uchun mo‗ljallangan ―Ilm yo‗li‖ namunaviy dasturining o‗quv-metodik qismidir. Resursli materiallarning mazmuni O‗zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan Davlat talablari bilan, shu jumladan, maktabgacha ta‘lim tashkilotlariing amaliyotchi-pedagoglarining xohish-istaklariga mos holda shakllantirilgan va pedagoglarning ishi uchun eng dolzarb mavzularni yoritib beradi: 15 ―Ilm yo‗li‖ Variativ dasturiga 1-ilova, «Boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlash bo‗yicha bitta guruhning moddiy-texnik asoslar va ta‘limiy-didaktik materiallar bilan jihozlash me‘yorlari». bolalarda xavfsiz xulq-atvor ko‗nikmalarini rivojlantirish, ota-onalar bilan ishlash, bolaning yutuqlarini kuzatish va baholash hamda boshqa shu kabilar. 228 Maktabgacha ta‘lim sohasida milliy va xorijiy mutaxasislarning tajribalari 6-7 yoshli bolalarning rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‗qitilishi uchun o‗z dasturlari ishlab chiqiladigan, boshlang‗ich ta‘limga majburiy yillik tayyorgarlik bo‗yicha guruhlar tashkil etilgan yoki tashkil etilishi kutilayotgan O‗zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta‘lim va umumta‘lim tashkilotlarining pedagoglariga yordam berishga safarbar etilgan. XI bob. Ilovalar 1-ilova. Bolalarni boshlang„ich ta‟limga majburiy yillik tayyorlash bo„yicha guruhlarda ishlovchi pedagoglar uchun tavsiya O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8- dekabridagi ―Boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‗tish bo‗yicha chora-tadbirlar haqida‖gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha ta‘lim tizimini kelgusida takomillashtirish, sog‗lom, faol, to‗la rivojlangan, ijtimoiy moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang‗ich ta‘limga bolalarning sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli o‗quv faoliyatiga shart-sharoitlarni yaratish maqsadlarida respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6-7 yoshli boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil etiladi. Mazkur guruhlarda bolalar har tomonlama rivojlanadilar. Maktabgacha ta‘lim tashkilotilarida maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinmagan bolalar bilan ishlash borasida har qanday yangi ish kabi ma‘lum bir qiyinchiliklarga duch keladi. ―Ilm yo‗li‖ variativ dasturi mualliflari tomonidan mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar barcha maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 6 -7 yoshli bolalarni boshlang‗ich ta‘limga bolalarni majburiy bir yillik to‗lovsiz tayyorlash bo‗yicha guruhlardagi pedagogik jarayonni to‗laqonli ravishda tashkil etishga yordam beradigan metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan. Shuni ko‗zda tutish kerakki, maktabgacha ta‘lim qamrab olingan va maktabgacha ta‘lim tashkilotlariga qatnamagan bolalarning rivojlanish darajasi sezilarli ravishda farqlanadi. Aynan mana shuning uchun ham kelgusi barcha ishlar asosiga har bir tarbiyalanuvchining individual qirralari va intelelktual imkoniyatlari sinchiklab o‗rganilishi qo‗yilishi zarur bo‗ladi. Eslatib o‗tamizki, o‗qitish va tarbiyalash tizimi ham maktabgacha ta‘lim tashkilotida, ham oilada bolalar faoliyatining istalgan turi 229 ko‗rinishida, shu jumladan, o‗quv mashg‗ulotlarida o‗yinlardan foydalanish negizida olib borilishi lozim. 6-7 yoshli bolalarning o‗qitilishini tashkil etish mazkur guruhlarda individual, hamkorlikdagi mashg‗ulotlar yoki rivojlanish markazlarida kichik guruhlar bo‗yicha didaktik va rolli o‗yinlar, kuzatishlar, tajriba qilish shaklida olib borilishi mumkin. XULOSA 1. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish metodikasining nazariy asoslari va amaliy masalalarini o‗rganish kichik, o‗rta va katta yoshdagi bog‗cha tarbiyalanuvchilarining ilk matematik bilim va ko‗nikmalarni egallashlariga, faolligini oshirish usullarini bo‗lajak maktabgacha ta‘lim tarbiyachilarining kelgusi amaliyotda muhim vosita hisoblanadi va dastlab bolalarga elementar matematik tushunchalar ustida ishlashga o‗rgatishda hamda ularning qo‗llanilishiga doir misol va masalalarni yecha olishga o‗rgatish muhim o‗rinni egallaydi. 2. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usularidan foydalanishga doir mashq va topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishga o‗rgatish, ular yordamida tahlil qilish, tadqiqot o‗tkazish, kichik, o‗rta va katta yoshdagi bog‗cha tarbiyalanuvchilarining mantiqiy ilk matematik faoliyat tadbiqlarini amaliy faoliyatda zarurligi va qo‗llash usullriga o‗rgatishda foydalanish ularning bilim saviyalarining oshishiga va fikrlashlarini o‗stirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 3. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari yordamida bolalar bilan sonli miqdorlar, geometrik shakllar, fazo va vaqtga doir konkret mashqlar va masalalar yechish jarayonida nazariy mantiqiy savollardan foydalanish nafaqat mantiqiy tafakkur ko‗nikmalarini rivojlantirishga, balki nazariy qoida va tushunchalarning tadbiqlarini go‗zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi. 4. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tassavurlarni shakllantirish usullaridan foydalanish ko‗nikmalarni shakllantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash: loyihalash usuli, axborot –kommunikativ vositalaridan foydalanish, turli interfaol dars usullarini qo‗llash, bunda o‗qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi, tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o‗rinli foydalana olishini talab etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling