Pedagog diqqat qilishi lozim bo„lgan omillar – bolani o‗qitish
bo‗yicha qaror qabul qilishda pedagogni etaklashi lozim bo‗lgan uchta
muhim omil mavjuddir:
1. Berilgan yosh guruhidagi bolalarning rivojlanishi va o„qishi
haqida nimalar ma‟lum bo„lsa ularni e‟tiborga olish. Pedagoglarni
bolalarni yosh xususiyatlarini bilishi, bolalarning yosh xususiyatlariga
mos holda ta‘lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi, ishlarni
rejalashtirish, qanday materiallar va mashg‗ulotlar xavfsiz,qiziqarli,
yetarlicha murakkab bo‗lishi bolalarning yaxshi rivojlanishi hamda
o‗qitilishiga yordam beradi. Bu omil yoshiga moslik deb ataladi.
2. Har bir bolaning individual xususiyatlarini e‟tiborga olish.
Har bir individual bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari,
qiziqishlari va ehtiyojlari haqidagi ma‘lumotlarni to‗plash pedagoglarga
o‗qitishda moslashtirilgan va individual variativ yondashuvlarni
amalga oshirish hamda samarali individuallashtirish imkonini beradi.
3. Bolalar yashaydigan ijtimoiy va madaniy qadriyatlar haqida
nima ma‟lum bo„lsa, ularni e‟tiborga olish. Bolaning uyidagi va o‗z
hamjamiyatidagi turmushini shakllantiradigan qadriyatlar, kutishlar,
xulq-atvor va tilga doir o‗ziga xosliklarni o‗rganish pedagoglarga
bolalar uchun ma‘noga ega bo‗lgan rivojlantiruvchi muhitini va
mashg‗ulotlarni tashkil etishga imkon beradi, ularning madaniyati bilan
taqqoslanadi va bolalarga hamda ularning oilalariga hurmat namoyish
etiladi.
4.3.Rivojlantiruvchi yondashuv
Rivojlantiruvchi yondashuv – bolaning tabiiy ravishda
ulg‗ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini
yaratadigan rivojlantirishga yo‗naltirilgan yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
o‗yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma‘lumotlarni o‗zlashtirib,
faol ta‘lim oladi;
rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‗tadi;
hissiy va kognitiv(aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‗zaro
munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
Har biri o‗ziga xos sur‘atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
205
Do'stlaringiz bilan baham: |