Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш
”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik tasavvurlarni shakllantirish
3.2.4.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‗quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‗ng 6-7 yoshli bola: bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi; o‗quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi; 200 predmetlar, voqealar va ko‗rinishlar o‗rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‗llaydi; makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi; atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‗rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‗amxo‗r munosabatni namoyon etadi. 3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari ―Ijodiy rivojlanish‖ sohasidagi o‗quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‗ng 6-7 yoshli bola: san‘at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy an‘analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi; san‘atning muayyan turini afzal ko‗rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan bilim va ko‗nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‗z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; insonning dunyoni o‗zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. IV bob. O„qitishga yondashuvlar O‗zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‗yiladigan Davlat talablari (O‗zR IMYOBRDT – 2018 y) ning, ―Ilk Qadam‖ Davlat o‗quv dasturining (2018-y), O‗zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‘limni rivojlantirish Konsepsiyasining joriy qilinishi, boshlang‗ich maktab ta‘limi Davlat ta‘lim standartlarining qabul qilinishi o‗z ortidan nafaqat ancha vaqtlardan beri mavjud bo‗lib kelayotgan maktabgacha va boshlang‗ich ta‘lim orasidagi izchillikni ta‘minlash bo‗yicha ishlar tizimining qayta ko‗rib chiqilishini keltirib chiqardi, balki pedagoglarga maktabgacha va maktab ta‘lim tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi. Maktabgacha ta‘limdagi modernizatsion o‗zgarishlar tarbiyachilarga maktabgacha yoshdagi bolalarni o„qitish metodlari va shakllarini tanlab olish erkinligini beradi. Zamonaviy o‗qitishning asosiy 201 natijasi bo‗lib shu narsa hisoblanadiki, bunga ko‗ra bola uning rivojlanishiga va hayotiy vaziyatlarda qo‗llay olishiga qanchalik yordam bera oladigan nimalarni o‗zlashtirgani e‘tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‗qitish shakllari intellektual jarayonlarning shakllanishiga yordam berishi, masalalarni ijodiy hal qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishi, mustaqillikni va ma‘suliyatni o‗rgatishi, bolalarni o‗z xulq-atvorini boshqarishni mashq qildirishi lozimdir. Maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘limning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lib sanaladi. U sog‗lom va rivojlangan bola shaxsining shakllanishini ta‘minlashi, tizimli o‗qitishga tayyorlash bilan unda o‗qish-o‗rganishga intilishni uyg‗otishi zarur. Maktabgacha ta‘lim jarayonida ustivor model bo‗lib maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy-yo‗naltirilgan o‗qitilishi va tarbiyalanishi hisoblanadi. Download 3.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling