213
VII bob. Mashg„ulotlardagi o„qitish
Ta‘lim-tarbiya faoliyatining maqsadi bo‗lib bolada umumiy asosiy
kompetensiyalarning va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining
shakllantirilishi uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalarni maktabga tayyorlash guruhlarida
bolalarning barcha
faoliyati, mashg‗ulotlarni ham o‗z ichiga olgan holda o‗yinli tarzda
o‗tkaziladi.
Ilk
va
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
rivojlanishiga
qo‗yiladigan Davlat talablariga mos holda ko‗zda tutiladiki, bola
maktabgacha tayyorlov guruhidan chiqishda ma‘lum
bir natijalarga
erisha oladi.
7.1. Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzini shakllantirish
1.Jismoniy rivojlanish va sog‗lom turmush tarzining shakllanishi
Kichik soha: Yirik motorika
Talab: Bola o‗z tana a‘zolarini
boshqaradi, maqsadli to‗g‗ri
harakatlanadi
Kutilayotgan natija:
bir, ikki, to‗rtta bo‗lib saflanadi, doira bo‗lib, qator bo‗lib yuradi;
yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
yengil yuguradi (shiddat bilan, to‗siqlarni engib o‗tib, yo‗nalish va
muvozanatni saqlagan holda);
bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‗ngga
va chapga
almashtirib sakraydi;
arqonda turli usullarda sakraydi;
arqonli narvon, yo‗g‗on arqonda yuqoriga ko‗tariladi;
ikki oyoqli velosipedda uchadi.
Do'stlaringiz bilan baham: