215
Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
Talab: Hissiyotlar va ularni boshqarish.
Kutilayotgan natija:
o‗z
hissiyotlari nazorat qiladi;
turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;
o‗z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;
boshqa insonlar yoki badiiy asarlar
qahramonlari hissiyoti
haqida gapiradi;
o‗zini yomon his etayotganlarga
hamdardlik bildiradi va
yupatadi.
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini
rivojlantirishga qodir.
Kutilayotgan natija:
kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‗ladi;
qiyin vaziyatlarda amaliy echim qidiradi;
boshqalar xatti-harakatiga o‗z
taassurotlarini bildiradi;
o‗zgalar yutug‗iga quvonganligini namoyon etadi;
nizolarni hal etishda bir necha
metodlardan foydalanadi
(tinchlantiradi, o‗z o‗yinchog‗ini beradi, muloyim so‗zlar aytadi);
o‗yinlar o‗ylab topadi, syujetli rolli o‗yinlar, turli ertaklarni
sahnalashtirishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: