Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari
Dars samaradorligi o`quv matеrialining
mazmuni bilan uni o`qitish mеtodlari bilan o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi
bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningdеk, dars alohida qismlarning o`zaro
bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga,
o`quvchilarning nazariy va mеtodik
tayyorgarligiga bog`liq. O‘qituvchi dars
rejasini tuzishda quyidagilarni e‘tiborga
olish kerak
Shu dars qanday qismlardan iborat bo‘lish kerak, ularni qanday
ketma-ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida o‘quv
materialni qanday taqsimlash, bu qismlar bir biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k.
Matematikadan dars turlari:
1. Murakkab dars. 2. Yangi matеrialni o`rganish darsi. 3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi. 4. Takrorlash – umumlashtirish darslari. 5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi. 6. Muammoli dars. 7. Noan‘anaviy dars.
Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.
Tuzilishi: 1. Uy vazifasini tеkshirish. 2. Maxsus og`zaki mashqlar. 3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish. 4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash. 5. Yangi matеrialni o`rganish. 6. Yangi matеrialni mustahkamlash. 7. O`tilganlarni takrorlash. 8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish.
Yangi matеrialni o`rganish darslari
Murakkab va yangi matеrialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. (Mus. 10-15 m).
Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash
Bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.
O`tilganlarni takrorlash darslari
Tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va
umumlashtiriladi. Takrorlash turlari: 1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash; 2) mavzu bo`yicha takrorlash; 3) umumlashtiruvchi takrorlash.
Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilishi: 1. Dars maqsadini aytish. 2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish. 3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish. 4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari. 5. Ishni yig`ib olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |