Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars. Dars metodi: Tezkor savol-javob, insert jadvali, suhbat Dars jihozi


Download 37.32 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi37.32 Kb.
#1184449
  1   2
Bog'liq
3-mavzu destruktiv amaliy




3 –AMALIY MASHG’ULOT
Maqsad: Mavzu bo`yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, insert jadvali, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog`oz, marker.
Mavzu:Agressiv xulq-atvor. Delinkvent xulq-atvor. Suisidal xulq-atvor.
Reja:

  1. Agressiya tushunchasi.

  2. Agressiya haqidagi nazariyalar.

  3. Shaxs agressiyasiga tasir ko‘rsatuvchi omillar

  4. Suisid tushunchasi,cuisidal xulq – atvor

  5. Suisid turlari va xususiyatlari,cuisid psixoprofilaktikasi



Tayan so‘z va iboralar
Psixologiya, agressiya, agressivlik, individuallik, omillar, agressiv shaxs, tobe xulq, tobe shax

Agressiya tushunchasining o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab oladi. Shuning uchun bu tushunchaga oydinlik kiritish lozim.

Ma’lumki, desruktivlik, o‘z navbatida, tajovuz kabi asosli insoniy tavsifnoma bilan zich bog‘liq. Garchi, bizning nazarimizda tajovuzkor axloq destruktiv xulqning alohida turi hisoblanmasa-da, boshqalar yoki o‘ziga yo`naltirilgan tajovuz axloqiy deviasiyaning turli shakllarida bevosita ishtirokni qabul qiladi va maxsus ko‘rib chiqishga munosib.

Butun insoniyat tarixi ishonchli tarzda isbotlaydiki, tajovuz shaxs va jamiyat qayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, tajovuz ulkan tortish kuchi va yuqumlilik xislatiga ega – ko‘pchilik odamlar so‘zda tajovuzni inkor etadilar, ammo o‘zlarining kundalik qayotlarida esa uni keng namoyish qiladilar.

Lotin tilidan tarjima qilganda “tajovuz” “tashlanish” degan ma’noni anglatadi. qozirgi vaqtda “tajovuz” atamasi o‘ta keng qo‘llaniladi. Ushbu fenomen ham salbiy hissiyotlar (masalan, qazab), ham salbiy sabablar (masalan, zarar keltirishga urinish), shuningdek, salbiy ko‘rsatmalar (masalan, irqiy noto‘qri fikr) va barbod etuvchi harakatlar bilan bog‘lanadi.

Psixologiyada tajovuz tushunchasi osida o‘ziga boshqalarni bo‘ysundirish yoxud ular ustidan ustunlik qilish masqadida real axloq yoki fantaziyalashda ko‘rinuvchi tendensiya (intilish) tushuniladi. Ushbu tendensiya universal xarakterga ega, “tajovuz” atamasining o‘zi esa umuman olganda neytral ma’noga ega. Tajovuz mohiyati bo‘yicha ijobiy, qayotiy qiziqishlar va yashashga xizmat qiluvchi bo‘lganiday, o‘z-o‘zidan tajovuzkor maylni qondirishga mo‘ljal olgan salbiy bo‘lishi ham mumkin.

Tajovuz psixik reallik sifatida aniq tavsifnomaga ega: yo`nalganlik, ko‘rinish shakllari, jadallik. Tajovuzning maqsadi jabrlanuvchiga shaxsan azob (zarar) yetkazish (dushmanlik tajovuzi) bo‘lishi ham mumkin, yana tajovuzdan boshqa maqsadlarga (insrumental tajovuz) erishish usuli sifatida foydalanish ham mumkin. Tajovuz tashqi ob’yektlar (odamlar yoki predmetlar) yoki o‘zi (tana yoki shaxs) ga yo`naltirilgan bo‘ladi. Boshqa odamlarga yo`naltirilgan tajovuz jamiyat uchun alohida xavfni aks ettiradi. A. Bandura va R. Uolter uni asosial tajovuz deb ataydilar va natijada boshqa shaxs yoki mulkka zarar keltiruvchi, shu bilan birgalikda, bu aktlar qonun bo‘yicha jazolanmasligi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-desruktiv xa­rakterdagi harakatlar bilan bog‘laydilar.

Tajovuz turli-tuman shakllarni oladi – yaqqol yoki latent. “Tajovuz” atamasini odatda, barbod etuvchi niyat ishorasi uchun qo‘llanilishiga qaramay, uni anchagina ijobiy ko‘rinishlar, masalan, izzattalab nafsoniyat bilan tuqiluvchi faollikka ham keng tatbiq etadilar. Shunga o‘xshash harakatlar dushman bo‘lmagan motivasiyada tuqilganini ta’kidla uchun o‘z-o‘zini tasdiqlash sifatida ayon bo‘ldi. Ular raqobat, yutuqlarga erishi, iseqzo, sport musobaqalari va q.k. shakllarda namoyon bo‘ladi.

Tajovuzning birmuncha odatiy ko‘rinishlari janjalkashlik, achchiq so‘z, bosim, majburlay, salbiy baholash, taqdid yoki jismoniy kuch ishlatish hisoblanadi. Tajovuzning yashirin shakllari aloqadan ketish, kimgadir zarar yetkazish maqsadida harakatsizlik, o‘ziga talofat yetkazish va o‘z-o‘zini o‘ldirishda ifodalanadi.






Download 37.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling