Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali restidivlanuvchi gerpes
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tkir gerpetik stomatit
Surunkali restidivlanuvchi gerpes labning q’izil hoshiyasida,
tanglay, ko’z, jinsiy a’zolar shilliq’ pardalarida, lab terisida, burun q’anotlarida yakka holda yoki zich to’plam holida joylashuvchi toshmalar - mayda pufakchalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Odatda ushbu toshmalar achishib turadi. Keyinchalik pufakchalar birlashib, eroziv (yarali) yuza hosil q’iladi. Bu zararlangan soha ovq’atlanganda yoki boshq’a ta’sirlovchilar ta’sirida og’rib turadi. Bemor gerpes virusli infeksiya bilan kasallangandan so’ng bir umr tashuvchi bo’lib q’oladi. O’tkir gerpetik stomatit - bu virusli kasallik bo’lib, u kattalarda ham, bolalarda ham uchraydi. Oxirgi yillarda o’tkir gerpetik stomatitga og’iz bo’shlig’i birlamchi gerpetik infeksiyasining ko’rinishi sifatida q’aralmoq’da (29-rasm). O’tkir gerpetik stomatitda zararlanishning dastlabki elementlari aftalarni eslatadi. Kasallik oddiy gerpes virusi bilan kasallanmagan odamlar uchun yuq’umli hisoblanadi. Stomatit bilan, asosan (70%) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar kasallanadi. Klinik ko’rinishi ko’pchilik bemorlarning og’iz bo’shlig’i shilliq’ pardasida 5-10 ta mayda nekroz sohalari hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Zararlanish belgilari ko’pincha labda, tilda, tanglayda uchrab, q’o’shilib ketishi natijasida to’plamlar hosil q’iladi. Kasallik umumiy darmonsizlik, tana haroratining 37-37,5°C gacha ko’tarilishi, regionar limfa tugunlarining kattalashishi, gipersalivasiyaga shikoyat bilan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq’ pardasi, ayniq’sa milk chegarasi shishgan va q’izargan bo’ladi. Unda bir vaq’tning o’zida seroz suyuq’lik bilan to’lgan pufakcha hosil bo’ladi. Pufakcha tez yoriladi va fibrinoz parda bilan q’oplangan eroziyaga aylanib ketadi. Aftaning shakllanish jarayoni 4-5 kun davom etadi. Bunda bemor ovq’atlanish 247 vaq’tida og’riq’, achishish va q’ichishishga shikoyat kiladi. Agar og’iz bo’shlig’i etarli parvarish q’ilinmasa, kataral o’zgarishlar (shish, giperemiya) yarali yallig’lanishga o’tib ketishi mumkin (30-rasm). Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling