Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Surunkali restidivlanuvchi gerpes


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   261
Surunkali restidivlanuvchi gerpes labning q’izil hoshiyasida, 
tanglay, ko’z, jinsiy a’zolar shilliq’ pardalarida, lab terisida, burun 
q’anotlarida yakka holda yoki zich to’plam holida joylashuvchi 
toshmalar - mayda pufakchalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Odatda 
ushbu toshmalar achishib turadi. Keyinchalik pufakchalar birlashib, 
eroziv (yarali) yuza hosil q’iladi. Bu zararlangan soha ovq’atlanganda 
yoki boshq’a ta’sirlovchilar ta’sirida og’rib turadi. Bemor gerpes virusli 
infeksiya bilan kasallangandan so’ng bir umr tashuvchi bo’lib q’oladi.
O’tkir gerpetik stomatit - bu virusli kasallik bo’lib, u kattalarda 
ham, bolalarda ham uchraydi. Oxirgi yillarda o’tkir gerpetik stomatitga 
og’iz bo’shlig’i birlamchi gerpetik infeksiyasining ko’rinishi sifatida 
q’aralmoq’da (29-rasm).
O’tkir gerpetik stomatitda zararlanishning dastlabki elementlari 
aftalarni eslatadi. Kasallik oddiy gerpes virusi bilan kasallanmagan 
odamlar uchun yuq’umli hisoblanadi. Stomatit bilan, asosan (70%) 1 
yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar kasallanadi. 
Klinik ko’rinishi ko’pchilik bemorlarning og’iz bo’shlig’i shilliq’ 
pardasida 5-10 ta mayda nekroz sohalari hosil bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Zararlanish belgilari ko’pincha labda, tilda, tanglayda 
uchrab, q’o’shilib ketishi natijasida to’plamlar hosil q’iladi. Kasallik 
umumiy darmonsizlik, tana haroratining 37-37,5°C gacha ko’tarilishi, 
regionar limfa tugunlarining kattalashishi, gipersalivasiyaga shikoyat 
bilan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq’ pardasi, ayniq’sa milk 
chegarasi shishgan va q’izargan bo’ladi. Unda bir vaq’tning o’zida seroz 
suyuq’lik bilan to’lgan pufakcha hosil bo’ladi. Pufakcha tez yoriladi va 
fibrinoz parda bilan q’oplangan eroziyaga aylanib ketadi. Aftaning 
shakllanish jarayoni 4-5 kun davom etadi. Bunda bemor ovq’atlanish 


247 
vaq’tida og’riq’, achishish va q’ichishishga shikoyat kiladi. Agar og’iz 
bo’shlig’i etarli parvarish q’ilinmasa, kataral o’zgarishlar (shish, 
giperemiya) yarali yallig’lanishga o’tib ketishi mumkin (30-rasm). 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling