Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
-rasm. O’rab oluvchi temiratki
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-rasm. Q’izamiq’ virusining tuzilishi.
31-rasm. O’rab oluvchi temiratki
Gerpesli infeksiyaning ko’zda uchrashi xavflidir. Ko’zda joylashganda virus uch shoxli nervning nazostiliar shoxchasi bo’ylab tarq’alishi va ko’z shox pardasini zararlashi mumkin. O’rab oluvchi temiratkining asoratlariga yana yuzning bir tomonlama falajligi va eshituv organlarining zararlanishi kiradi. Kuchsiz bemorlarda va kasallikning og’ir shakllarida meningit va ensefalit kabi asoratlar berishi ham mumkin. Q’izamiq’ (lot. Morbilli) – yuq’ori darajadagi moyillikka (kontagiozlik 100% gacha) ega bo’lgan o’tkir virusli kasallik bo’lib, yuq’ori harorat (40,5°C gacha), og’iz bo’shlig’i va yuq’ori nafas yo’llari shilliq’ pardasining yallig’lanishi, kon’yuktivit va terida dog’li-papulez toshmalar, umumiy intoksikasiya bilan xarakterlanadi. Virus tashq’i muhitda chidamsiz, odam organizmidan tashq’arida turli xil kimyoviy va fizik omillar (nurlanish, q’aynatish, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ishlov berish) natijasida tezda nobud bo’ladi (32-rasm). 251 Infeksiya havo-tomchi yo’li bilan yuq’adi. Bemor yo’talgan va aksirgan vaq’tida virus so’lak bilan tashq’i muhitga ko’p miq’dorda ajraladi. Infeksiya manbai – kasal odam. Bemor atrofdagilar uchun kasallikning yashirin davrining oxirgi 2 kuni va toshma toshishining 4- kunigacha yuq’umli hisoblanadi. 5-kundan so’ng kasallik yuq’maydi. 32-rasm. Q’izamiq’ virusining tuzilishi. Q’izamiq’ bilan asosan 2-5 yoshli bolalar va bolaligida ushbu kasallik bilan kasallanmagan kattalar kasallanadi. Chaq’aloq’larda onasidan o’tgan immunoglobulinlar bo’ladi (agar onasi avval shu kasallik bilan kasallangan bo’lsa). Ushbu immunitet chaq’aloq’lar hayotining dastlabki 3- oyigacha saq’lanadi. Kasal onadan homilaga virus transplasentar yo’l biln o’tgan hollarda chaq’aloq’lar tug’ma q’izamiq’ bilan tug’ilishi mumkin. Kasallikdan so’ng turg’un immunitet hosil bo’ladi va q’izamiq’ bilan q’ayta kasallanish kuzatilmaydi. Immun tizim patologiyasi bo’lgan odamlarda q’izamiq’ q’aytalagan holatlar ham aniq’langan. Q’izamiq’ q’ish-bahor oylarida (dekabr-may) ko’p uchraydi va har 2-4 yilda kasallanishning ko’tarilishi kuzatiladi. Odam organizmiga virus yuq’ori nafas yo’llari shilliq’ pardasi orq’ali kiradi va keyinchalik q’on orq’ali (birlamchi virusemiya) virus retukuloendotelial tizimga (limfa tuguniga) tushadi va barcha turdagi oq’ q’on tanachalarini zararlaydi. Yashirin davrning 3-kunidan limfa tugunlarida, murtakda va taloq’da stitoplazmatik kiritmalar tutgan Warthin-Finkeldey yirik, ko’p yadroli hujayralarini aniq’lash mumkin. Virus limfa tugunlarida ko’paygach yana q’onga tushadi va takror (ikkilamchi) virusemiya rivojlanadi. Bu vaq’tda kasallikning klinik belgilari yuzaga chiq’a 252 boshlaydi. Q’izamiq’ virusi immun tizim faoliyatini pasaytiradi (bevosita T-limfositlarni zararlash orq’ali bo’lishi mumkin) va immunitet susayishi natijasida a’zolarda, asosan, nafas olish a’zolarida og’ir ikkilamchi, bakterial asoratlar rivojlanadi. Virus A vitamini gipovitaminozini ham chaq’irishi mumkin. Q’izamiq’da mikroskopik ko’rinish: nafas yo’llari shilliq’ q’avatida shish, nekroz o’chog’i, epiteliyda metaplaziya zonalari, shilliq’ osti q’avatida limfogistotiostitar infiltrastiya bo’ladi. Retikuloendotelial tizimda - Warthin-Finkeldey hujayralari uchraydi. Teri - dermaning so’rg’ichli q’atlamida shish ko’rinishidagi o’zgarishlar, perivaskulyar limfogistiostitar infiltrastiyali q’on q’uyilishlar, kasallikning 2-kunida epidermisda nekroz fokuslari paydo bo’ladi, lunjning ichki yuzasi shilliq’ q’avatida Belskiy - Filatov – Koplik dog’lari kuzatiladi (33-rasm). Yashirin davri 8-14 kun (kam hollarda 17 kungacha). O’tkir davrida - haroratning 38-40°C gacha ko’tarilishi, q’uruq’ yo’tal, burun bitishi, yorug’likdan q’o’rq’ish, aksirish, ovozning bo’g’ilishi, bosh og’rig’i, q’ovoq’ning shishishi, kon’yuktivaning q’izarishi, halq’um giperemiyasi va q’attiq’ va yumshoq’ tanglayda q’izil dog’lar - q’izamiq’ enantemasi kuzatiladi. Q’izamiq’ toshmasi (ekzantema) - kasallikning 4-5-kunida paydo bo’lib, dastlab yuzga, bo’yinga, q’uloq’ orq’asiga, keyingi kuni tanaga, 3-kunida esa toshmalar q’o’l va oyoq’ning yoziladigan yuzalariga toshadi. Toshmalar mayda papula holida bo’lib, keyinchalik q’o’shilib ketishi mumkin (bu uning q’izilchadan farq’laydigan belgisi bo’lib, q’izilchada bu toshmalar q’o’shilib ketmaydi). Toshmaning yo’q’olishi 4-kundan boshlanadi. Bunda harorat me’yorlashadi, toshma to’q’ rangga kirib, pigmentastiyalanadi va ko’chishi boshlanadi (toshma q’anday ketma-ketlikda toshgan bo’lsa, shu ketma-ketlikda q’aytadi). Pigmentastiya 1-1,5 hafta davomida saq’lanib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling