Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
O’rab oluvchi temiratki - teriga vezikulyoz toshmalarning toshishi va
nerv tolalarining zararlanishi tufayli og’riq’ sindromi bilan xarakterlanuvchi virusli kasallik bo’lib, q’o’zg’atuvchisi Varicella zoster hisoblanadi. Gerpes haq’idagi birinchi ma’lumotlar eramizdan ancha oldin aniq’langan. Gerpes nomi grekcha "herpete" so’zidan olingan bo’lib, "o’rmalash" degan ma’noni bildiradi. Ushbu ma’no kasallik rivojlanishini klinik tasviri bilan bog’liq’, bunda pufakchalar nerv oxirlari yo’li bo’yicha bir chiziq’ bo’ylab tarq’aladi, "o’rmalaydi". Kasallik keng tarq’algan. Ko’pincha o’rta va katta yoshdagi odamlarda, kam hollarda bolalarda uchraydi. Sovuq’ q’otish, shamollash, stress holatlari, og’ir kechuvchi somatik kasalliklar, operastiya va jarohatlar kasallikka olib keluvchi omillar hisoblanadi. Kasallikning yashirin davri o’rtacha 1 haftani tashkil etadi. Klinik manzarasi. Kasallik kuchsiz q’ichishish, achishish, keyinchalik toshmalar toshishi bilan boshlanadi. Umumiy belgilardan holsizlik, tana 250 haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Terida to’p-to’p bo’lib joylashgan, tiniq’ seroz suyuq’lik bilan to’lgan pufakchalar hosil bo’ladi. Toshmalar o’chog’i atrofidagi teri q’oplamasi giperemiyalangan bo’ladi, keyinchalik vaq’t o’tishi bilan pufakchalar ichidagi suyuq’lik xiralashadi. 5-7 kundan so’ng pufakcha yoriladi yoki ko’chib tushadi. Ular o’rnida sariq’ yoki och jigarrang po’stloq’ hosil bo’ladi. Bu po’stloq’ 2-3 hafta saq’lanadi. Ko’pchilik hollarda pufakchalar epidermisda (terining eng yuza q’avatida) joylashadi. Shuning uchun ham po’stloq’ tushib ketgandan keyin toshmalar o’rnida giperpigmentastiya q’oladi va asta - sekin teri rangi me’yoriy ko’rinishga keladi. Lekin ba’zan, kasallikning notipik kechishi va ikkilamchi infeksiyaning q’o’shilishi natijasida jarayon terining chuq’urroq’ q’avatlarigacha o’tadi. Bunday hollarda chandiq’ hosil bo’ladi. O’rab oluvchi temiratki ko’pincha simillovchi og’riq’ bilan kechadi. Bunga sabab virusning nerv hujayrasiga tropizmidir. Virus nerv tugunlarida yashaydi va sezuvchi nerv tolalari bo’ylab tarq’aladi (31-rasm). Toshmalarning nerv tolalari bo’ylab toshishi ham shu bilan bog’liq’dir. Og’riq’ sindromi uzoq’ vaq’tgacha, ya’ni bir necha hafta, hatto bir necha oygacha davom etadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling