Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan holda Moskva


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   261
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga olgan holda Moskva 
tibbiyot stomatologiya universiteti bolalar stomatologiyasi kafedrasi 
xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan tasnifdan foydalanishni tavsiya 
etamiz: 
1. Travma natijasida yuzaga keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining 
jarohatlari. 
2. Infeksiya (mikroblar, zamburug`lar, viruslar) ta’sirida yuzaga 
keladigan og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari. 
3. Alohida (spetsifik) infeksiya ta’siri natijasida yuzaga keladigan og`iz 
bo`shlig`i shilliq qavatining kasalliklari. 
4. Organizmning o`ta sezuvchanlik (allergiya) xususiyatlari bilan bog`liq 
bo`lgan o`zgarishlar. 
5. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatidagi dori - darmonlarning qabul qilinishi 
bilan bog`liq bo`lgan jarohatli o`zgarishlar. 
6. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining organizmning ba’zi bir a’zolari 
yoki sistemalaridagi kasalliklari bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlari. 
7. Tish sohasida yuzaga keladigan kasalliklar. 
8. Lablar sohasida yuzaga keladigan kasalliklar. 
 


262 
7.3. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklarida paydo bo`ladigan 
shikastlanish alomatlari 
Og`iz bo`shlig`i kasalliklarida shilliq qavatning birlamchi va 
ikkilamchi shikastlanish alomatlari kuzatiladi. 
 
7.3.1. Jarohatlanishning birlamchi belgilari 
Dog` (pyatno - macula) - shilliq pardada yuzaga keladigan rangli 
o`zgarish. (14-rasm). Shilliq parda rangining ma’lum bir sathda 
o`zgarishi natijasida sodir bo`ladigan dog`lar ikki xil bo`ladi: 1) 
yallig`lanish dori; 2) yallig`lanishga aloqasi bo`lmagan dog` - pigmentli 
dog`lar. Yallig`lanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan, diametri 1,5 
sm gacha bo`ladigan kizg`ish dog`lar - rozeola, kattaroq bo`lsa eritema 
nomi bilan yuritiladi. Pigmentli dog`lar to`qimada melanin pigmenti 
to`planishidan, vismut yoki qo`rg`oshin preparatlarining organizmga 
tushishidan hosil bo`ladi. 
Tuguncha (uzelok - nodulus) - yallig`lanish jarohatining shilliq 
qavatdagi bo`shliqsiz bo`rtmasi. (15-rasm). Tuguncha burtmasining 
diametri 0,1-0,5 mm bo`lib, okish rangli tovlanyab turuvchi xususiyatga 
ega. Ularning bir nechtasi kushilib, blyashka (tangacha) hosil qilishi 
mumkin. 
Tugun (uzel-nodus) - o`lchamlari bilan tugunchaga nisbatan 
yirikroq bo`lib, shilliq osti qavat himoya hujayralarining yig`ilishidan 
(infiltrat) hosil bo`ladi. (16-rasm). Shilliq qavat sathidan ancha bo`rtib 
chiqib, paypaslaganda shilliq qavatning qattiqlashganligini ko`rsatadi va 
shilliq parda rangini bir qadar o`zgartirishi mumkin. 
Bo`rtma - do`mboqcha (bugorok - tuberculum) - shilliq pardaning 
barcha qavatlarini qamrab oluvchi infiltrat bo`lib, dumaloq shaklga 
egadir. Diametrinint o`lchamlari 0,2 mm dan kattaroq bo`lib, yara hosil 
qiladi. (17-rasm). 


263 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling