261
Barcha preparatlar shifokor-stomatolog tavsiyasiga ko’ra q’on
tahlilini nazorat q’ilgan holda (davolashdan oldin, davo vaq’tida va
davolashdan so’ng) olib borilishi lozim.
Q’izamiq’ning davosi. Simptomatik davolanadi, agar zotiljam
yoki boshq’a bakterial asoratlar rivojlanganda
antibiotiklar buyuriladi,
og’ir hollarda kortikosteroidlar g’o’llaniladi. Profilaktika uchun va
davolash maq’sadida A vitamini katta dozalarda q’o’llanilishi mumkin.
7.2. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklari tasnifi.
Bolalar yoshida og`iz bo`shlig`i shilliq
qavatida uchraydigan
kasalliklarni ma’lum turlarga va guruxlarga bo`lishda, ya’ni tasnif qilish
jarayonida ularni keltirib chiqaruvchi sabablarga tayanib ish tutish
maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birgalikda
bolalar organizmiga bir
paytning o`zida bir qadar ta’sirotlar (travma, infeksiya, allergiya, organ
va
sistemalardagi
bir
qadar
o`zgarishlar
va
boshq.)
ta’sir
ko`rsatayotganini ham hisobga olmoq zarur. Kasallik turlarini
yuqoridagilarni xisobga olgan holda aniqlash
davolovchi shifokorga
to`g`ri yo`llanma bergan holda, kasallik rivojlanishini to`gri aniqlash va
davo tadbirlarini muvaffaqiyatli olib borish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: