Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
V. Antibakterial va antivirus terapiya
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og’iz bo’shlig’i kandidozining davosi.
V. Antibakterial va antivirus terapiya
Parodontitni davolashda uning patogenezi haq’idagi zamonaviy q’arashlarni hisobga olish zarur. Ma’lumki, konservativ terapiya o’z ichiga q’uyidagi 2 komponentni, albatta, olishi shart: 1 - anaerob bakteriyalarga nisbatan samarali makrolidlar va azalidlar (eritromistin, oleandomistin, azitromistin, medikamistim), linkomistin va klindamistin, levomistetin va tetrastiklinlar, imidazol hosilalari (metronidazol, aminitrozol, tinidazol) kabi antibakterial preparatlar; 2 – to’q’imalar regenerasiyasini ta’minlovchi va metabolik korrektor (gradeks, dalachoy, kalendula preparatlari va boshq’.) hisoblanuvchi immunomodulyatorlar. 258 Parodontitda antimikrob kimyoviy terapiya o’tkazilishiga ko’rsatmalar: - surunkali generalizastiyalashgan parodontitning xuruji; - parodontda ochiq’ kyuretaj va loskutli jarrohlik amaliyotlarining o’tkazilishi; - immun tizimida o’zgarish bo’lgan bemorlarda stomatologik davolashlar o’tkazilganda (q’on kasalliklari, q’andli diabet va h.k.); Parodontitda antibiotiklarni mahalliy q’o’llash parodontopatogen mikroblar eliminastiyasi uchun etarli bo’lmaydi, shuning uchun bunday hollarda antibiotiklar vena ichiga, mushak orasiga yoki ichish uchun tavsiya etiladi. Og’iz bo’shlig’i kandidozining davosi. Zamburug’larga q’arshi preparat - nistatin 10 kun mobaynida ovq’atdan so’ng 1000000 TB dan kuniga 4-6 mahal ichishga buyuriladi. Sutkalik doza 4000000 TBdan kam bo’lmasligi kerak. Tabletkalar maydalab, til ostiga q’o’yib, so’riladi, chunki ular oshq’ozon-ichak tizimida yomon so’riladi. Karamel shaklidagi dekamin preparati 1-2 karameldan kuniga 6-8 mahal (har 3-4 soatda) so’rilganda zamburug’larga q’arshi samarali ta’sir etadi. 1ta karamel 0,00015 g dekamin saq’laydi. Bir- ikkita karamel til ostiga yoki lunjga joylashtiriladi va preparat og’iz shilliq’ q’avati bilan ko’proq’ kontaktda bo’lishi uchun to’liq’ eriguncha, yutish harakatlarisiz ushlab turiladi. Amfoglyukamin kuniga 2 mahal 200000 TBdan ovq’atdan so’ng ichishga tavsiya etiladi. Og’iz bo’shlig’i shilliq’ q’avati kandidozining og’ir o’tadigan shakllarida amfoteristin V har bir kg tana og’irligiga 250 TBdan (davolash kursi uchun 2 000 000 TB gacha) va mahalliy ko’llash uchun maz ko’rinishida buyuriladi. Preparat yaxshi rezorbtiv ta’sir ko’rsatadi. Diflyukan preparatining zamburug’larga q’arshi ta’siri yaq’q’olroq’ namoyon bo’ladi. U kapsula ko’rinishida 50-100 mgdan (kasallikning og’irlik darajasiga q’arab) sutkasiga 1 marta tayinlanadi. Diflyukanning organizmda yarim parchalanish davri uzoq’ davom etadi. Og’izning q’urishini kamaytirish va zamburug’li floraga ta’sir etish uchun 2-3% li kaliy yodid eritmasi kuniga 1 osh q’oshiq’dan 2-3 mahal ovq’atdan keyin tayinlanadi. Yod fungistatik ta’sirni namoyon q’iladi. 259 Bundan tashq’ari yod so’lak ajralishini kuchaytiradi. Kandidoz bilan kasallanganlar yuq’ori kaloriyali mahsulotlar bilan ovq’atlanishlari lozim (tez hazm bo’luvchi uglevodlar miq’dorini kamaytirgan holda). Ichish uchun PP, C, va B (B 1 , B 2 , B 6 ) guruhi vitaminlari tavsiya etiladi. Mahalliy davo. Applikastiya q’ilish va og’iz shilliq’ q’avatiga surish uchun 0,5 % li dekamin mazi, amfoteristin B mazi (30 000 TB/g), klotrimazol (kanesten) ning 1% li mazi va 1% li eritmasi q’o’llaniladi. Og’izning shilliq’ q’avati va lablar anilin bo’yoq’larining eritmalari: birinchi navbatda binafsha (genstian binafshaning 1-2% li eritmasi, 2% li metilen ko’ki, fukorstin eritmasi) rangli bo’yoq’ bilan ishlov beriladi. Og’iz bo’shlig’i ishq’oriyligini oshirib, zamburug’larga ta’sir ko’rsatuvchi vositalar ham samaralidir. Bu maq’sadda “Siteal”, natriy gidrokarbonatning 2% li eritmasi, 2% li bor kislotasi eritmasi bilan chayish q’o’llaniladi. Kamida 1stakan eritma 1 marta chayish uchun ishlatiladi va bu jarayon kuniga 5-6 marta takrorlanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling