Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining kimyoviy jarohatlanishi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.5. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatining kimyoviy jarohatlanishi
Ko`pgina hollarda og`iz shilliq pardasining bunday jarohatlanishi bolalarning og`rigan tishini noto`gri davolash va kamdan - kam hollarda uy sharoitida uy - ro`zg`or uchun ishlatiladigan kislota yoki ishqoriy moddalarni noto`g`ri saqlash oqibatida kelib chiqishi mumkin. Jarohat chuqurligi bunday vaziyatlarda kimyoviy moddaning konsentratsiyasi, ta’sirotning uzoq - qisqaligi va ko`rsatilgan birinchi yordamning to`g`ri- 271 noto`g`riligiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Kimyoviy ta’sirotlar birinchi daqiqalarda to`g`ri aniqlansa, zudlik bilan aks ta’sir etuvchi moddalar (antidot) eritmasi bilan jarohatni yuvish, davolashni to`g`ri boshlash bolani noxush hollardan halos qilishning asosiy yo`li bo`lib hisoblanadi. Kislota yoki ishqor ta’sirida birinchi daqiqalarda shilliq pardaning qizarishi asosiy o`rin tutadi. Bir necha soat vaqt o`tgandan keyin to`qima hujayralari o`ladi (nekroz) va fibrinoz ekssudat bilan to`yinib qalinlashadi. Hosil bo`lgan qalin parda (plyonka) 7-8-kunlardan boshlab, tirik to`qimadan ajralib tusha boshlaydi. Jarohat o`rnida ta’sirot kuchiga qarab har xil kattalikdagi va chuqurlikdagi yara yoki eroziya hosil bo`ladi. Jarohat fibrinli karash bilan qoplanib, atrofidagi sog`lom to`qimaning tiklanishi natijasida asta - sekinlik bilan bita boshlaydi. Kimyoviy ta’sirot natijasida dastlab lablar (ko`proq pastki lab), keyin til, yutqin jarohatlanadi.(35-rasm) Kislota ta’siridan jarohatlanganda birinchi bo`lib shilliq pardani sust ishqor eritmasi (bir stakan suvga bir choy qoshiq ovqatga ishlatiladigan soda solinadi) bilan obdon yuviladi. Ishqorli jarohatlar esa sust kislota (1-3% uksus) eritmasi bilan yuviladi. Mabodo kerakli kimyoviy eritmalar bo`lmasa, unda ikkala holda ham sovuq suvdan foydalanish zarur. Kislota hamda ishqor moddalar suvda yaxshi erishi natijasida yaxshi yuviladi va ularning ta’sir kuchi susayadi. Kimyoviy jarohatlar og`riqli tishni davolashda dori - darmon sifatida ishlatiladigan: fenol, formalin, antiformin, spirt, efir va boshqalarni ehtiyotsizlik bilan ishlatish oqibatida shilliq pardaga tushishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Kimyoviy jarohatlar ko`paygan sari bemornnng umumiy ahvoli ham og`irlashadi, kuchli og`riq turadi, tana harorati ko`tariladi (37- 39°S), kuchli zaharlanish belgilari yuzaga keladi. Uyqu buziladi, bemor bezovtalanadi va ovqatdan bosh tortadi. Davo chora-tadbirlari birinchi yordamdan tashqari og`iz shilliq pardasini og`riqsizlantirish, antiseptik eritmalar bilan jarohatni ohistalik bilan yuvish, ichish uchun organizm sezgirligini susaytiruvchi dorilar, antibiotiklar qabul qilishdan iborat. Bunday paytda umumiy zaharlanish belgilarining oldini olish uchun bolaga ko`proq suyuqlik ichirish lozim. 272 Agar kimyoviy ta’sirot natijasida yutqin, nafas yo`llarining boshlanish qismi jarohatlangan bo`lsa, bola shifoxonaga yotqizilib, quloq-burun-tomoq mutaxassislari nazoratida davolanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling