Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bednar aftasi
7.4.1. Bednar yarasi Ba’zi bir hollarda organizmi kuchsizlangan bolalarda shilinish va yaralar yumshoq va qattiq tanglayning tutashgan chiziqlarida ponasimon suyakning (os sphenoidalis) tanglay o`siqlari proyeksiyasida simmetriya ravishda yuzaga kelishi mumkin. Bunga sun’iy ravishda ovqatlantirilayotgan bolalarga beradigan so`rg`ichning uzunligi va qo`polligi, ba’zi bir hollarda ona ko`kragining dag`alligi ham sabab bo`ladi. Bu xil turdagi shilinish va yaralarni Bednar aftasi deb yuritiladi. Tanglay shilliq pardasidagi bunday jarohatlar to`qima oziqlanishi jarayonining buzilishi, yomonlashuvi oqibatida vujudga kelgani uchun anchagina uzoq (3-4 xafta) vaqt davom etadi. Ana shunday holat ko`pincha bola umumiy ahvolining o`zgarishiga, injiqlanishiga, tana haroratining ko`tarilishiga, uyqusining buzilishiga va ovqatlanishdan bosh tortishiga sabab bo`ladi. Bola bexol bo`lib darmonsizlanadi. Ko`krak yoki so`rg`ichni so`rishdan tezda to`xtab chinqirib yig`lay boshlaydi. Jarohatning uzoq cho`zilishida ikkilamchi infeksiya vujudga keltirgan yallig`lanish jarayoni aloxida o`rin tutadi. Shularni nazarda tutgan holda, davolash chora-tadbirlari avvalambor keltirib chiqaruvchi sabablarni yo`qotishdan boshlanadi. Uzun so`rg`ichlar qisqartirilib, yumshoq va nozikroqlari tanlanadi. Ona ko`krak- so`rg`ichi emizishdan oldin yog`lab yumshatilishi shart. Ikkilamchi infeksiyaga qarshi kurashish bilan bir qatorda, yuqorida bayon qilingan o`simlik moylari va malhamlar bilan yara atrofidagi to`qimaning tiklanishiga e’tibor beriladi. Bulardan tashqari kasallikning asosiy noxush belgisi bo`lib hisoblangan og`riqka qarshi muolajalar o`tkazilishi lozim. Og`riqsizlantirish maqsadida, ayniqsa bolani ovqatlantirishdan oldin jarohat va uning atrofiga o`simlik moylariga yoki vazelin yog`iga 270 aralashtirilgan anestezin surtish yaxshi natijalar beradi. Yallig`lanish jarayonining susayishini tezlashtirish uchun uyqudan oldin kuniga 3-4 marta jarohat va uning atrofi antiseptik eritmalar yoki dorivor o`simliklar damlamasi bilan yuvilib, unga oblepixa moyi, na’matak moyi, vanilin kabi malxamlar surtish zarur. Bolaning shaxsiy gigiyenasi va u o`ynaydigan predmetlar - o`yinchoqlarni toza tutish, so`rg`ichlarni qaynoq suvda yoki rangsiz KMnO 4 eritmasida chayish, ona ko`kragi gigiyenasiga amal qilish tuzalish jarayonini tezlashtiradigan omillardan hisoblanadi. Bolaga shifokor maslahatisiz mustaqil davo - tadbirlarini qo`llash noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Maktab yoshidagi bolalardagi noxush qiliqlar: lab, lunjlarni tishlar orasiga olib so`rish, tilni tishlar orasiga olib o`ynash, tishlash, qalam, ruchkani og`ziga solish natijasida og`iz shilliq pardasining turli sohalarida surunkali travma ta’sirida jarohatlar yuzaga keladi. Bunday hollarga bolalarda hali asab sistemasining turg`unlashmanligi sabab bo`ladi. Oqibatda kelib chiqadigan jarohatlar shilinish yoki yara belgilari ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xildagi yaralar chegarasi notekis, atrofi qizargan, paypasla6 tekshirilganda asosi qattiq va og`riqli bo`ladi. Surunkali yallig`lanish jarayonida shilliq parda xususiy qavatida himoya hujayralar yig`ilib, infiltrat hosil qiladi va ko`pgina hollarda chandiqli jarohatlar paydo bo`ladi. Davolash tadbiri tishlarning o`tkir qirralarini charxlab silliqlash, yallig`lanish jarayonini susaytirish, jarohatni og`riqsizlantirish, ikkilamchi infeksiyaga va eng asosiysi noxush qiliqlarga qarshi kurashishdan iboratdir. Chandiq hosil bo`lgan hollarda ortodontik himoya plastinkalar taqib yurish buyuriladi. Ba’zi bir hollarda nevropatologdan maslaxat olish lozim. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling