Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`tkir gerpetik stomatitni davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261
O`tkir gerpetik stomatitni davolash. Kasallikning dastlabki prodremal 
bosqichida, ya’ni shilliq pardada birinchi toshma belgilari paydo 
bo`lgunga qadar, maxsus viruslarga qarshi preparatlar mahalliy tarzda 
shilliq pardaga surtiladi. Bunday malxam (maz) dorilar qatoriga 0,5-1% 
li tebrofen, 0,5 li oksalin, 0,25% li alpizarin, atsiklovir, atsiklostad va 
boshqalar kiradi. 
Stomatologik 
poliklinikalarda 
o`tkir 
gerpetik 
stomatitlarni 
davolashda dori-darmonlarni ishlatish quyidagicha amalga oshiriladi: 
1. Jarohatlangan shilliq qavat sathiga 2-3 minut vaqt mobaynida 5-


282 
10% li anestezinning biror o`simlik moyidagi emulsiyasi surtiladi. 
2. Jarohat yuzasi 0,5-1% li etoniy eritmasi yoki natriy mefaminat 
eritmasi bilan oxista yuviladi. 
3. Yumshok paxta turunda yoki shpritslar yordamida yuqorida 
ko`rsatilgan antiseptik eritmalar yoki lizotsim eritmasi bilan tish-milk 
cho`ntaklariga ishlov beriladi. 
4. Jarohatlangan shilliq qavat yuzasi 0,01% li kaliy permanganat 
(och pushti rangli) eritmasi bilan ballonchalar yordamida chayiladi. 
5. Jarohatlangan yuza 3-4 minut vaqt mobaynida proteolitik (oqsil 
parchalovchi) fermentlar - ximotripsin, ximopsinlarning eritmasi (1 mg - 
1 ml erituvchi) shimdirilgan tamponlar bilan namlanadi. 
6. Mabodo tish milklarining chetlarida shilinish (eroziya) 
jarohatlari bo`lsa, milk-cho`ntaklariga neomitsin yoki ta’sir doirasi keng 
bo`lgan antibiotikli malhamlar kiritiladi. 
7. Kasallikning dastlabki kunlarida jarohatlangan shilliq qavat 
yuzasiga yuqorida ko`rsatilgan virusga qarshi, kechikib murojaat 
qilinganida esa karotolin, vinilin, solkoseril, na’matak, chakanda moyi
aekol kabi malhamlar surtiladi. Ularni surtishdan oldin jarohatlarni 
ultrafiolet, geliyneon lazer nurlari bilan nurlantirish maqsadga muvofiq 
bo`lib, ular jarohatlarning bitishini anchagina tezlashtiradi. Uy sharoitida 
xastalikning birinchi kunlarida 5-6 marta, jarohatlarning bitish davrida 
esa kuniga 3-4 marta quyidagicha muolaja o`tkazish maqsadga 
muvofiqdir: 
1) Jarohatlangan shilliq qavat yuzasiga 5-10% li anestezinning 
moyli eritmasini 2-3 minutga surtish; 
2) Jarohatlangan yuzani 0,5-1% li vodorod peroksidi yoki kuchsiz 
kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish. 
To`qimalarning tiklanish davrida shalfey, romashka, zveroboy, 
kalendulz damlamalari bilan og`iz chayiladi. Kasallikning dastlabki 
kunlarida bu muolaja jarohatlangan yuzaga virusga qarshi ta’sir 
ko`rsatadigan 
hamda 
to`qimani 
tiklashda 
yordam 
beradigan 
(keratoplastik) malhamlar surtish bilan tugallanadi. Xastalikka chalingan 
bolalarning umumiy ahvolini yaxshilash maqsadida ichish uchun: 


283 
1) 0,025 g bonafton preparati (kuniga 3-4 marta-dan, 3-4 kun 
mobaynida); 
2) tana haroratini pasaytirish maqsadida bir yoshgacha bo`lgan 
bolalarga 1 osh qoshig`ida 1 % li, 2 yoshgacha bo`lgan bolalarga 2% li, 
5 yoshlilarga 5% li salitsilat natriy eritmasi kuniga uch mahal ichiriladi; 
3) organizmining sezgirligini pasaytirish uchun antigistamin 
preparatlaridan (suprastin, dimedrol, diprazin va boshqalar) bolaning 
yoshiga moc miqdorlarda ichish uchun buyuriladi. 
Xastalikka uchragan bolalarni davolash jarayonida parxez 
muolajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar ovqati suyuk va iliq 
holda bo`lishi kerak: ularga tuzi pastroq go`shtli sho`rva, kefir (qatiq), 
tvorog, suzma, shakar solingan tuxum oqi kabi mahsulotlarni berish 
maqsadga muvofiqdir. Ovqatlanishdan oldin og`iz bo`shlig`i shilliq 
qavatiga og`riqsizlantiruvchi malhamlar surtish ancha yordam beradi. 
Ich yurishi buzilganida (qabziyat) moyli klizmalar buyuriladi. O`tkir 
gerpetik stomatitning o`rtacha og`ir va og`ir shakllarida bolalar 
kasalxonalarga yotqizilib davolanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling