Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.7. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bakteriyalar yuzaga keltiradigan allergik o`zgarishlar. 7.7.1. Surunkali qaytalanuvchi yarali (aftoz) stomatit
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar
1. Yosh bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining xastaliklarini chaqiruvchi infeksiya turlarini sanab bering 2 Strepto-stafilokokk mikroblari chaqirishi mumkin bo`lgan kasalliklarning klinik belgilarini va chora-tadbirlarini gapirib bering. 3. Gerpes virusi og`iz bo`shlig`ining shilliq qavatida qanday xastaliklarni keltirib chiqaradi? 4. Gerpes virusi chaqiradigan xastaliklarda shilliq pardada yuzaga keladigan belgilarni sanab bering. 5. O`tkir gerpetik stomatitning 3 yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`proqq uchrashiga sabab nima? 6. O`tkir gerpetik stomatitda yuz beradigan klinik belgilarni, davo chora-tadbirlarini gapirib bering. 7. O`tkir gerpetik stomatit hastaligining bolalar orasida tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari qanday amalga oshirilmog`i lozim? 8. Yosh bolalar o`rtasida kandidoz kasalligini keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar nimalardan iborat? 9. Yosh bolalarda kechadigan kandidoz xastaligining klinik belgilari va davo-choralari xaqida gapirib bering. 7.7. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bakteriyalar yuzaga keltiradigan allergik o`zgarishlar. 7.7.1. Surunkali qaytalanuvchi yarali (aftoz) stomatit Xastalik ko`pincha katta yoshdagi bog`cha, boshlang`ich maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar o`rtasida uchraydi. Bolalarning yoshi 288 ulg`aygan sari kasallikning ko`proq uchrashi qayd qilingan. Kasallik tarixini aniqlash uchun berilgan so`roqlar va surishtirishlar kasallangan bolalarda ko`p hollarda otit, rinit, tonzillit, me’da-ichak spstemasi kasalliklaridan: ichburug`, dispepsiya, gijjali invaziya, gepatit, xolangit kabi bir qadar surunkali kechadigan xastaliklar mavjudligini yoki ular shu kasalliklar bilan yoshlikda og`riganliklarini ko`rsatadi. Xastalik asosida bakterial allergiya yotganligini teriga kiritilgan antigenlar (kojnaya proba), leykotsitoliz reaksiyasi, gistamin sinovlari yordamida laboratoriya usulida aniqlash mumkin. Kasallikning klinik belgilari boshlanish davrida bolalarda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida kichik yara paydo bo`lishidan oldin shu joyda kuyish va og`riq aniqlanadi. Ba’zi bolalarda yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda shilliq pardaning qizarishi, to`qimaning qattiqlashuvi kabi belgilarni ko`rish mumkin. Shifokorga murojaat qilinganda og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi bolani bezovta qilayotgan nuqtalarda 1-2 yoki bir necha dona shilinish - eroziya (o`lchamlari 2-5 mm li, qizil hoshiya bilan o`ralgan) belgilarini kuzatish mumkin. Kattaroq yoshdagi bolalarning umumiy ahvolida o`zgarish sezilmaydi. Kichik bog`cha yoshidagi bolalarda tana harorati subfebril darajagacha ko`tarilishi mumkin. Og`iz bo`shlig`i shilliq qavatida sodir bo`ladigan shilinish (eroziya), yara to`qimaning har-xil chuqurlikdagi nekrozi tufayli yuzaga keladi. Ko`p hollarda shilliq pardaning faqat epiteliy qavati shikastlansa, ba’zi bir hollarda pardaning xususiy to`qimasi ham yallig`lanish jarayoniga qo`shiladi. Oqibatda hosil bo`lgan eroziya, yaralar 5-7 kun mobaynida bitishi mumkin. Xastalikka uchragan ayrim bolalarda shilliq parda xususiy qavatining chuqur nekrozi tufayli yaralar ancha chuqurlashadi, ularning tubi, devorlari qattiqlashadi (infiltratsiya) va sog`lom shilliq parda sathidan anchagina ko`tarilib turadi. Bu xil yaralar 2-3 xaftada bitib, o`zidan keyin chandiq qoldiradi. Yallig`lannsh jarayonida yuzaga kelgan shilinish va yarachalar og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining hamma joylarida, ayniqsa ko`proq lunj, lab, uning o`tish burmalarida, tilning yon sathlarida va kamroq hollarda til ostki yuzasida joylashadi. 289 Surunkali kechadigan qaytalovchi yarali stomatitni jarohatlanish natijasida yuzaga keladigan eroziya, yaralardan, qaytalovchi surunkali gerpetik stomatitdan ajrata bilish kerak. Surunkali kechadigan yarali stomatit davosi mahalliy - simptomatik va umumiy xastalikni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va ularga qarshi kurash chora-tadbirlaridan iboratdir. Xastalikning qaytalanish davrida poliklinikaga murojaat qilinganda shifokor og`iz bo`shlig`i shilliq pardasini mahalliy tarzda og`riqsizlantirishi, antiseptik ishlov berishi, proteolitik fermentlar bilan yuvishi va shikastlangan to`qimaning tiklanishini ta’minlovchi - keratoplastik preparatlar surtishi lozim. Bemorga uy sharoitida og`iz bo`shlig`ini shifobaxsh o`tlar (mavrak, moychechak, qizilnoycha va boshqalardan tayyorlangan damlamalar bilan tez-tez chayib turish tavsiya etiladi. Ovqatlanishdan oldin mahalliy og`riqsizlantiruvchi dori- darmonlar surtish, ovqatdan keyin og`iz chayilib, keratoplastik malxamlar surtish maqsadga muvofiqdir. Xastalangan bolaga organizm sezgirligini pasaytiruvchi (glyukonat kaltsiyning 5-10% li eritmasi choy qoshig`ida uch maxal, diazolin, suprastin, tavegil) preparatlardan yoshiga mos ravishda kuniga uch maxal qabul qilish buyuriladi. Qaytalanishlar orasidagi davrda organizmda mavjud bo`lgan surunkali quloq-tomoq-burun xastaliklarini va og`iz bo`shlig`idagi kasallangan tishlarni davolash-sanatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xastalikning qaytalanish jarayonining oldini olish maqsadida pediatr va allergologlarga murojaat qilinib, bakterial allergenlari bilan davolanish yoki gistoglobulin preparatini qabul qilish (har 6-10 in’eksiyadan keyin 3 kun dam beriladi, 0,5-2 g preparat yoshiga mos miqdorda) tavsiya etiladi. Bunday davolash kursi har 6 oyda, keyinchalik yiliga 1 marta takrorlanadi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling