Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   261
7.7.4. Surunkali, qaytalanuvchi bakterial-allergik xastaliklar 
davosi 
Bunday xastaliklarni davolashda asosiy e’tiborni xurujni to`xtatish, 
yara-chaqalarning tezda bitishiga qaratish bilan bir qatorda kasallikning 
asosiy sababini topish, allergiya o`chog`i bo`lib xizmat qiluvchi, 
organizmning sezgirligini oshiruvchi sabablarni yo`qotish lozim. 
Organizmning umumiy quvvatini oshirish va sezgirlikni pasaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi. Ko`p belgili 
ekssudatli eritema, Stivens-Jonson sindromi bilan og`rigan bemor 
bolalarni kasalxonalarga yotqizib, pediatr, okulist, dermatologlar bilan 
birgalikda davolash ishlarini amalga oshirmoq zarur. Og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasi jarohatlarini davolashni avvalo uni og`riqsizlantirishdan 


293 
boshlamoq lozim. Og`riksizlantirishning chaplash usulini (applikatsiya) 
amalga oshirishda 0,5-2% li novokain eritmasidan, anestezinli 
suspenziyalardan foydalanish mumkin. 
Jarohatga ikkilamchi infeksiyaning ta’sirini pasaytirish va 
yo`qotish uchun shilliq pardasiga 1% li iliq vodorod peroksidi eritmasi 
bilan ishlov berish va uni karashlardan tozalash kerak. Og`iz bo`shlig`ini 
tez-tez shifobaxsh o`simlik (moychechak, mavrak, qizil-poycha, achchiq 
choy) damlamalari, tarkibida antiseptik va og`riqsizlantiruvchi moddalar 
bo`lgan eritmalar (geksametilentetramin - 5 g, novokain- 2 g, 
distillangan suv-200 ml) bilan chayish yoki unga ishlov berish zarur 
hisoblanadi. Og`iz bo`shlig`i antiseptik va shifobaxsh eritmalar bilan 
yuvib tozalangach, shilliq parda sathiga vitaminli yoki shifobaxsh 
xususiyatga ega bo`lgan (chakanda, na’matak) moylar surtiladi. 
Jarohatlangan, ko`pchigan po`stloqli yaralar bilan qoplangan 
lablarning qizil hoshiyasiga tarkibida anestezin bo`lgan moyli preparatlarni 
toza salfetkalarga shimdirib, 1-3 minutga qo`yish mumkin. Bunda iliq moy 
ta’sirida po`stloqlar yumshaydi, anestezin ta’sirida esa og`riqsizlanadi. 
Shundan keyin lablar sathiga antiseptiklar bilan ishlov berib, ko`pchigan 
po`stloqlardan tozalanadi va jarohatning bitishi hamda yallig`lanish 
jarayonining susayishini tezlashtirish maqsadida lablarning qizil hoshiyasiga 
tarkibida glyukokortikoid (ftorokort, flutsinar, lorinden) tuguvchi 
malhamlar, kremlar surtiladi. Bunday muolajalar kuniga 4-5 marotaba 
amalga oshiriladi. Xastalikning og`ir klinik shakllarida bemor bolalar 
organizmiga yuqori miqdorlarda vitamin preparatlari yuboriladi, tomirlarga 
oqsilli eritmalar, poliglyukin, tarkibida kaltsiy tuzi saqlovchi eritmelar, 
yurak faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qo`yiladi. 
Og`ir klinik belgilar bilan kechadigan surunkali allergik 
xastaliklarda bemorga ichish uchun glyukokortikoidli preparatlar 
buyuriladi (bir sutka mobaynide 2 kg tana og`irligiga 1 mg prednizolon 
yoki 0,1 mg deksametazon hisobida). Bu preparatlar bolalar ahvolining 
tezda yaxshilanishiga olib keladi. Shifokorlar bunday bemorlarni diqqat 
bilan kuzatib borishlari va ularning exvoli yaxshilanib borgan sari 
gormonli dori darmonlar miqdorini pasaytirib toshmalar, belgilar 
yo`qolishi bilan gormonli muolajani to`xtatishlari zarur. 


294 
Organizmning yuqori darajada sezgirligini pasaytirish maqsadida 
bemor tomiriga 30% li tiosulfat natriy eritmasidan kuniga 5-10 ml 
miqdorda yuborish maqsadga muvofiqdir. Muolaja uzluksiz 10 kun 
mobaynida olib berilishi lozim. Bunday hollarda bemorning umumiy 
ahvoli ancha tez yengillashadi. 
Yuqorida qayd qilingan davolaish muolajalari keyinchalik bola 
tuzalib ketgandan keyin kasallikni qaytalanishining oldini ololmaydi. 
Shuni inobatga olib, bemor kasalxonadan sog`ayib chiqqandan so`ng 
allergik xastalnkning asl sababini aniqlash maqsadida uni chuqur 
tekshirmoq lozim. Bola organizmida yashirin kechayotgan infeksiya 
o`choqlarini topishga harakat qilmoq zarur. Bu maqsadda bola quloq-
tomoq-burun shifokori, jarrox-stomatolog va boshqa soha shifokorlari 
ko`magidan va laboratoriya tekshiruvidan o`tishi maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida qayd qilingan tadbirlar bilan bir qatorda bola 
organizmining sezgirlik darajasini pasaytiruvchi (giposensibilizatsiya) 
davo 
choralarini 
ham 
o`tkazmoq 
lozim. 
Bunday 
tadbirlar 
(giposensibilizatsiya) allergologik kabinetlarda allergolog-shifokorlar 
nazorati ostida amalga oshirilmog`i darkor. Ana shunday tadbirlar 
amalga oshirilganda xastalikning qayta xuruji bir qadar keskinlikni 
yo`qotadi. Ba’zan esa umumiy, maxsus bo`lmagan sezgirlikni 
pasaytiruvchi dori-darmonlar bu xurujni bartaraf etishi mumkin. Ana 
shunday nospetsifik sezgirliknn pasaytiruvchilar qatoriga gistoglobulin 
preparati misol bo`la oladi. Teri ostiga 0,5-2 ml miqdorda har uch kun 
mobaynida 8-10 marta muolaja (in’eksiya) o`tkaziladi. Bunday muolaja 
kursini har yarim yilda bir marta o`tkazish lozim. Surunkali qaytalovchi 
aftoz stomatitlarda yilda bir marta, ko`p alomatli ekssudatli eritemada 
esa yilda ikki marta (baxor va kuz fasllarida) bu xildagi muolaja 
tadbirlarini o`tkazish ancha yaxshi natijalar beradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling