Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   261
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar. 
1. Surunkali qaytalanuvchi yarali (aftoz) stomatitni surunkali 
takrorlanuvchi travmatik jarohat (eroziya) dan qanday ajratiladi? 
2. Surunkali yarali stomatit qaytalanishining oldini olish va mahalliy 
belgilarini yo`qotish borasidagi davo tadbirlari haqida gapirib bering. 
3. Ko`p belgili ekssudatli eritema xastaligining klinik belgilari va 
davolash tadbirlari haqida so`zlab bering. 
4. Bu xastalik qaytalanishining oldini olish uchun nima qilmoq 
zarur? 
5. Talab qilingan dori-darmonlarning noxush asoratlarida og`iz 
bo`shlig`i shilliq, pardasida qanday o`zgarishlar kuzatiladi? 


298 
7.9. LAB kasalliklari. 
Turli-tuman tashqi muhit omillari (biologik, kimyoviy, mexanik) 
ta’sirida yoki organizmning umumiy kasalliklari natijasida lablarda, 
ayniqsa ularning qizil hoshiyasida yallig`lanish jarayonlari qayd etiladi. 
Bu xil xastaliklar orasida ko`proq uchraydiganlari ekzemali hamda 
yuqumli (mikrobli va zamburug`li) xeylitdir. 
7.9.1. Ekzemali yoki atopik xeylit 
Bu xastalik allergik tabiatga ega bo`li6, surunkali ravishda 
kechadi. Ko`pgina bolalarda xayotining birinchi oylaridayoq ovqat 
mahsulotlariga nisbatan sezgirlik, ekssudativ diatez sifatida uning 
o`rtacha og`irlikdagi va og`ir shakllari ko`rinishida yuzaga keladi. 
Lablarning qizil hoshiyasi va uning atrof terisidagi jarohatlar bolalarda 
3-5 yoshdan boshlab aniqlanadi. Bunday xastalikka uchragan bolaning 
yuz sohasini ko`zdan kechirilganda, lablarning qizil hoshiyasida va 
ularning atrof teri sathida infiltratli shish paydo bo`lganini, lablar yuzasi 
ko`pdan ko`p kundalang, taram-taram burmalar va yoriqchalar bilan 
qoplanganligini ko`ramiz.(53-rasm) Lab burchaklarida ular quyosh nuri 
kabi taralgan bo`ladi va po`stloqchalar bilan qoplanadi. 2,5-4,0 marta 
kattalashtirib ko`rsatadigan biologik lupa ostida jarohatlangan yuzaga 
nazar solsak, u yerda juda kichik o`lchamli (1 mm) yaltirab turuvchi 
nozik pufakchalarni ko`rishimiz mumkin. Ko`pincha lablar va uning 
atrof terisida yuzaga kelgan yoriqlarning mavjudligi va pufakchalarning 
yorilishi natijasida yuzaga kelgan mayda jarohatlar ikkilamchi infeksiya 
(mikroblar) uchun ochiq darvoza hisoblanadi. Buning oqibatida bolalar 
ekzemaning yiringli yaraga aylangan asoratidan azoblanib, shifokorlarga 
murojaat qilishadi. Ikkilamchi infeksiya ta’sirida (ayniqsa yiring hosil 
qiluvchi kokklar) lablarda shishinqirash kuchayadi, qizarish belgilari, 
pufakchalar ichida butana tusli ekssudat paydo bo`ladi. 
Ekzemali xeylit uzokqmuddat davomida surunkali ravishda 
kechadi. 
Keyinchalik 
balog`at 
yoshidagina 
organizmda 
jinsiy 
gormonlarning faol ijobiy rol o`ynashi natijasida xastalik ko`pgina 
hollarda chekinadi. 


299 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling