Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261
 
7.10. Til kasalliklari 
Og`iz bo`shlig`ida uchraydigan kasalliklar tilni ham jarohatlaydi
ammo shunday xastaliklar mavjudki, ular faqat tilning shilliq 
pardasidagina o`z aksini topadi.
 
7.10.1. Deskvamativ glossit 
Bu xastalikning kelib chiqish sabablari bugungi kunda 
aniqlanmagan. Olimlarning taxminiga qaraganda xastalik til shilliq 
pardasida joylashgan asab tolalari trofikasi (oziqlanishi)ning buzilishi, 
bolalarda gijjali invaziya, ekosudatli diatez va xazm sistemasi 
kasalliklari mavjudligi bilan bog`liq. Ko`pgina hollarda bolalar sog`lom 
bo`lishadi. Xastalik bolalar tug`ilgandan so`ng birinchi oylar va yillarda 
aniqlanadi. 
Xastalikning klinik kechishi. Tilning ustki (spinka) va yon 
sathlari yuzasida oq sarg`ish yoki och kulrang dog`lar epiteliy 
qavatining ko`pchishi, uning yuza qavatining to`kilishi natijasida paydo 
bo`ladi. Natijada yupqalashgan shilliq qavat qizarinqirab turadi. Qizil 
dog`lar atrofida epiteliy ko`pchigan va to`kilish arafasida bo`ladi. 
Deskvamatsiya o`choqchalari bir necha nuqtada joylashgan bo`lishi 
mumkin. Ular dumaloq, ovalsimon, yarim halqa shaklida bo`lib, bir biri 
bilan qo`shilib, til yuzasida o`ziga xos geografik relefni hosil qiladi. (51-
rasm) Bunday o`zgarishga uchragan tilda epiteliy qavati tez to`kilishi va 
2-3 kun mobaynida tezda qaytadan tiklanishi mumkin. Bunday 
o`zgarishlar oqibatida til relefi tez-tez o`zgarib turadi. Bolaning umumiy 
ahvoli o`zgarmaydi. Ovkatlanish paytida sezilar-sezilmas darajada 
yengil achishishlar kuzatiladi. Bu xastalikni organizmda vitamin 
tanqisligi natijasida xazm sistemasi kasalliklari, nerv va endokrin bezlar 
sistemasi buzilishlari bilan bog`liq bo`lgan til shilliq qavatidagi 
o`zgarishlardan farqlay olish lozim. Bayon qilingan kasalliklarda til 
yuzasida yirik deskvamativ o`zgarishlarga uchragan tasmalar, dog`lar 


302 
hosil bo`ladiki, ular o`rnining asl xoliga kelib tiklanishi uchun xaftalab 
kerak bo`ladi. Bunday hollarda til shilliq pardasi sekinlik bilan tiklanib, 
asosiy xastalikning tuzalishiga bog`liq bo`ladi. 
Xastalik davosi. Maxsus dori-darmonlar bilan davolashning xojati 
yo`q. Bolalarga shilliq qavat trofikasini yaxshilash maqsadida kaltsiy 
pantotenati 0,03-01 g miqdorda kuniga 3 marta bir oy davomida ichish 
uchun buyuriladi. Shilliq parda sathiga 10% li anestezinli o`simlik 
moylarini surtish xastalikni bartaraf etishda ijobiy natijalar beradi. Ota-
onalarga bunday o`zgarishlarning asoratsizligini tushuntirish bilan 
kifoyalanmoq kerak. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling