Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.10.3. Burmali til
- 7.10.4. Qora tukli til
- Xastalik davosi
7.10.2. Rombsimon glossit
Bolalarda xastalikning bu turi juda kam hollarda, onda-sonda uchraydi. Bolaning umumiy ahvolida xech qanday o`zgarish sezilmaydi, og`iz bo`shlig`i, tilning shilliq pardasi ko`zdan kechirilganda uning o`rtasidan o`tuvchi chiziq bo`ylab orqa qismida ipsimon so`rg`ichlar atrofiyasi natijasida atrof to`qimalardan ajrali6 turuvchi romb shaklidagi silliq maydonchani ko`ramiz. Bu nisbatan silliq rombsimon maydoncha to`q qizil rangi bilan ajralib turadi. Maxsus davo choralari o`tkazilmaydi. Bunday bemorlarda ichki a’zolar faoliyati tekshirilib, xastalikning asl sababini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 7.10.3. Burmali til Juda kam uchraydigan tilning bu xil anomal rivojlanishi asosan Daun xastaligi bilan tug`ilgan yosh bolalarda aniqlanadi. Pubertat oldi va pubertat davrlarda til asosan mushak qavatining o`sishi hisobiga kattalashadi. Natijada shilliq parda yuzasida buylamasiga va ko`ndalangiga joylashgan chuqur yo`llar hosil bo`ladi.(52-rasm) Bolalar biror-bir og`riqdan shikoyat qilishmaydi. Bunday holatlarda maxsus davo choralari qo`llanmaydi, faqat og`iz bo`shlig`i gigiyenasiga muntazam rioya qilish bilan kifoyalaniladi. 303 7.10.4. Qora tukli til Til shilliq pardasining bu xildagi o`zgarishi ipsimon so`rg`ichlar giperplaziyasi (ko`payishi), ularni qoplovchi ko`p qavatli epiteliyning kuchli shoxlanishi natijasida so`rg`ichlar qalinlashuvi va uzayishi hisobiga kuzatiladi. Bu xastalikda ipsimon so`rg`ichlar o`lchamlari 1 mm va undan oshiq bo`lishi mumkin. So`rg`ichlarning to`q sariq, qo`ng`ir-jigarrangdan tortib, qoramtir tusgacha o`zgarishi xususiy xol hisoblanadi. Tilning bunday noxush o`zgarishi bolalar yoshida onda-sonda, odatda biron-bir kasallik natijasida antibiotiklar qabulidan keyin qayd etilishi extimoldan xoli emas. Til shilliq pardasidan surtib olib tayyorlangan preparatlarda har xil mikroorganizmlar, jumladan achituvchi zamburug`lar borligini ko`ramiz. Bu xastalikda bolalarning ishtaxasi pasayib, o`sgan so`rg`ichlar og`izda noxush sezgini paydo qilishi mumkin. Xastalik davosi. So`rg`ichlarni shox moddasidan bartaraf etish maqsadida til shilliq pardasi 1-2% li rezorsin eritmasi shimdirilgan doka tamponlar bilan artib tozalanadi. Kattaroq (5 va undan katta) bolalarda bu maqsad uchun salitsil kislotasining 70° spirtdagi 1-2% li eritmasidan foydalanish mumkin. Til yuzasi kuniga 2 marotaba tish cho`tkasi bilan tozalanib, shilimshiq karashlardan tozalanadi. Shuningdek til shilliq pardasiga 10% li tetraborat kislotasining glitserinli eritmasini surtish achituvchi zamburug`lar asoratidan xalos etadi. Laboratoriya usulida tekshirilgadda kandida sinfiga mansub zamburug`lar topilgan hollarda shilliq parda yuzasiga (karashlardan tozalanib) nistatinli surgi - malxamlar surtish tavsiya etiladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling