Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ichki a’zo va sistemalar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   261
7.11. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ichki a’zo va sistemalar 
xastaligi tufayli yuz beradigan o`zgarishlar 
Ma’lumki, organizmda vitaminlar tanqisligi, bir qator ichki a’zo va 
sistemalar xastaligi tufayli moddalar almashinuvi jarayoni izdan chiqadi. 
Ayniqsa, vitaminlar yetishmovchiligida og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida 
ham anchagina noxush o`zgarishlar kuzatiladi. 


304 
7.11.1. A vitamini tanqisligi. 
A vitamin tanqisligi natijasida shilliq parda epiteliy qavatida 
sezilarli o`zgarishlar yuzaga keladi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi 
qizarib quruqlashadi, uzoq muddatli kataral gingivostomatit yallig`lanish 
jarayoni namoyon bo`ladi. Lablar quruqlashib, yuza sathida epiteliyning 
kuchli muguzlanishi oqibatida po`stloqchalar, yoriqchalar, og`iz 
burchaklarida yallig`lanish belgilari paydo bo`ladi. Yallig`lanish 
jarayoniga ikkilamchi infeksiya ta’siri qo`shilgan taqdirda shilinish - 
eroziya va yaralar hosil bo`lishi mumkin. 
Bolalarda tana terisi quruqlashib, po`st tashlay boshlaydi. Ko`z 
kon’yunktiva qavati quruqlashadi va keratit yallig`lanishlar vujudga 
keladi. 
Xastalik davosi. Tarkibida vitamin A saqlagan oziq moddalar 
(sariyog`, baliq moyi, sabzi va boshqalar)ni iste’mol qilish lozim. 
Qo`shimcha ravishda kuniga 5-10 tomchidan vitamin A konsentratidan 
qabul qilinadi. 
 
7.11.2. V gurux vitaminlar tanqisligi 
Asosan hazm sistemasi a’zolarining xastaligi tufayli kelib chiqadi. 
Vitamin V
1
tanqisligi sababli og`iz bo`shlig`i shilliq pardasi oqish tus 
oladi, ba’zi joylarda qizargan (giperemiya) dog`lar paydo bo`ladi. Til 
yuzasida karashlar hosil bo`ladi yoki epiteliy qavatining kuchli qovjirab 
to`kilishi natijasida tuksiz qizil rangli silliq sathlar yuzaga keladi va 
unda yoriqchalar paydo bo`ladi. 
Vitamin B
1
(tiamin) organizmda uglevodlarning parchalanishida 
ishtirok etadi va u neyrotrop (asab sistemasiga ta’sir ko`rsatuvchi) 
xususiyatga egadir. Organizmga uglevodlarning ko`plab kiritilishi ham 
B
1
vitaminining sarfini oshirib, unga nisbatan bo`lgan extiyojni 
kuchaytiradi. Og`iz shilliq pardasida hosil bo`lgan jarohatli o`zgarishlar 
natijasida shilliq pardaning achishishi va tilda og`riq sezgisi paydo 
bo`lishi asab sistemasi mahalliy faoliyatining buzilishidan darak beradi. 
Og`iz bo`shlig`ining atrof terisida, burun-lab burmalarida, qoshlar usti 
terisida kuchli muguzlanish belgilari kuzatiladi. Og`iz burchaklarida RR 
vitamini tanqisligida terining ochiq yuzalarida yallig`lanish jarayoni, 


305 
shuningdek ich buzilishi aooratlari aniqlanadi. Vitaminlar balansini 
tiklash maqsadida V gurux vitaminlari kompleksidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bolalarga yoshiga qarab mos miqdorda B
1
, B
2

B
6
, folat kislota 10 mg dan oshirmaslik sharti bilan buyuriladi. Nikotinat 
kislota (RR) ovqatdan so`ng 10-15 mg miqdorda beriladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling