Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1.7.3. Virusli infeksiyalar.
- 7.1.7.4. Sochli leykoplakiya
Davolash: simptomatik 1. Piromekain aerozoli bilan og`riqsizlantirilgch N 2 O 2 , furatsillin va fermentlar bilan mexanik ishlov beriladi. 2. Yallig`lanishga qarshi malhamlar va keratoplastiklar qo`llaniladi 3. Dezinfeksiyalash maqsadida romazulon, shalfey eritmalari bilan chayish tavsiya etiladi. 315 7.1.7.3. Virusli infeksiyalar. OIV bilan zararlanganlar uchun og`iz shilliq qavatini oddiy gerpes bilan zararlanishi xos. Bunda qaytalanuvchi va qiyin kechuvchi gerpetik stomatit yuzaga keladi. Og`iz bo`shlig`ini zararlanishi bilan biralikda jinsiy a’zolarning shilliq qavatlarinnig zararlanishi kuzatiladi. Zararlanish atipik kechadi. Uzoq muddatli va og`riqli bo`ladi. Vezikulalar tilda, yumshoq tanglayda, og`iz tubida, lablarda paydo bo`ladi va tezda eroziyalarga, eroziyalar katta yaralarga(3-5 sm) aylanadi. Yaralar noto`g`ri shaklda, chetlari ko`tarilgan, kraterga o`xshash bo`ladi. Uning tubi to`q qizil rangda bo`lib, kulrang-oqish karash bilan qoplangan bo`ladi. Vaqtida davolanmasa, o`tkirlashadi, hajmlari kattalashadi. Bu esa virusli gerpetik infeksiyani visseral a’zolarga disseminatsiyasiga va klinik kechishini og`irlashuviga hamda o`limga olib keladi. OIV bilan zararlangan shilliq qavat o`rab oluvchi gerpes va virusli so`gallar bilan zararlangan bo`ladi. Ular tugunli zararlanishlar ko`rinishida bo`lib, so`rg`ichlar shaklidagi do`ngliklarda joylashadi. 7.1.7.4. Sochli leykoplakiya Sochli leykoplakiya OIV bilan zararlanishning seropozitiv davrida uchraydi, bu esa immunitet tanqisligiga va OIV infeksiyasiga shubxa tug`ilishiga sabab bo`ladi. Adabiyotlarning oxirgi ma’lumotlariga ko`ra 98% sochli leykoplakiya kasallarida OIV seropozitiv bo`ladi. Sochli leykoplakiya kattaligi va joylashuvi bo`yicha 1 yoki 2 tomonli bo`lishi bilan farqlanadi. Klinik jihatdan sochli leykoplakiya vorsinkalar shaklida bo`ladi. Ular shilliq qavat yuzasidan sochlarni eslatuvchi vorsinkalar ko`rinishida ko`tarilib turadi. Vorsinkalar shilliq kavat yuzasiga zich fiksatsiyalangan va ularni qirib olish qiyin bo`ladi. Sochli leykoplakiya tilni yon yuzalarida, uning orqa qismlarida uchraydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling