Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
8.1. Pulpitlarda rentgen tasvirining taxlili
Surunkali kechadigan pulpa yallig`lanishida rentgen tasvirida periodont to`qimasida periodontit xastaligiga xos bo`lgan o`zgarishlarni ko`rish mumkin. Periodont to`qimasining notekisligi, bir muncha kengayganligi surunkali kechuvchi gipertrofik pulpit va surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun xosdir. Biroq, ko`p ildizli tishlar (molyar) ildizlarining ajralish (bifurkatsiya) sohasidagi qattiq to`qima strukturasidagi buzilish (destruksiya), siyraklashish, yemirilish faqat granulyatsiyalanuvchi surunkali periodontitdan darak beradi. Yuqorida zikr etilganlardan (pulpitga davo) bizga ma’lumki, pulpa yallig`lanishida davo usullari sut tishlari ildizlarining so`rilish yoki shakllanish holatini hisobga olgan holda tanlanadi. Ildizlarning u yoki bu holatini esa faqat rentgen tasviriga qarab aniqlanadi. Tish pulpasida kechayotgan distrofik o`zgarishlar pulpa va ildiz bo`shlig`i devorlarida dentikllarning hosil bo`lishi bilan bog`liqdir. Rentgen tasvirida hosil bo`lgan dentikllar och rangli pulpa bo`shliqlarida qoramtir dumaloq donachalar shaklida aks etadi. (57- rasm). Ba’zan hosil bo`lgan qattiq strukturali dentikllar pulpa bo`shlig`ida joylashgan nerv tolalarini siqib, nevralgiyaga xos og`riqlarni paydo qiladi. Xastalikni to`g`ri aniqlashda bizga faqat rentgen tasvirigina yordam beradi. 319 Kamdan - kam hollarda rentgen tasvirida, ba’zan dentin to`qimasining ideopatik (favqulodda kuchli) so`rilish hollari ham uchraydi. Bu tariqa dentin qatlamining so`rilishi (rezorbsiya), tish kovagining ichki qismidan boshlanishi ajablanarlidir. Gistologik tadqiqotlar tish pulpasida bunday paytda qo`shuvchi to`qima elementlarining ko`payganligini, unda qon tomirlarga boy bo`lgan granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lganligini va uning atrofini odontoblast hujayralari o`rab olganligini ko`rsatadi. So`rab - surishtirilganda ayrim hollarda xastalangan tish bir paytlar kuchli mexanik ta’sirot ostida bo`lganligini aniqlash mumkin. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling