Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


-rasm. V surunkali periodontit. Tishlar ildizlari orasidagi


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   261
58-rasm. V surunkali periodontit. Tishlar ildizlari orasidagi 
suyak 
to`qimasining 
siyraklashuvi.(osteoporoz). 
Ortopantomogramma. 
Bu xil suyak jaroxati sohasida suyak to`qimasining po`stloq 
(kortikal) plastinkasi yemirilgan bo`ladi. Negativ tasvirda bunday 
jarohat sohasi qoramtir, pozitiv tasvirda esa sog`lom to`qimadan oqish 
tusi bilan ajralib turadi. 
Surunkali fibroz periodont yallig`lanishida periodont to`qimasida 
chandiqli fibroz qo`shuvchi to`qima vujudga keladi. Bunday hollarda 


321 
periodont tirqishi kengayib, ildiz cho`qqisida yoki butun ildiz sathi 
buylab sement to`qimasining qalinlashuvi (gipersementoz) qayd etiladi. 
Rentgen tasvirida periodont tirqishining kengayganligi ildiz 
cho`qqi qismida, ayniqsa ravshan ko`rinadi. Shu bilan bir qatorda ildiz 
cho`qqisining birmuncha qalinlashuvi va deformatsiyasini ko`rish 
mumkin. 
59-rasm. IV-V tishlar surunkali 
periodontiti. Panoram 
rentgenogramma. 
60-rasm. |4 5 6 tishlar kariyesi. |4 5 
tishlarning ildizlari sohasida 
granulyomalar. 
61-rasm. |1 fibrozli periodontit;
|2 granulyatsiyalanuvchi periodontit. 


322 
III. QISM. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR 
PROFILAKTIKASI. 
 
 
1 bob. Tishlar kariyesi va paradont kasalliklari paydo bo`lish shart-
sharoitlari. 
1.1. Tish yuzasida hosil bo`ladigan karashlar va toshlar 
(cho`kmalar) 
Inson xayot faoliyati davomida tishlarning yuzasida hosil 
bo`ladigan tuzilmalar-karashlar, toshlar yoki cho`kmalar tish qattiq 
to`qimalari va paradont to`qimalari kasalliklarini yuzaga kelishida 
muhim o`rin tutadi. Bugungi kunda adabiyotlarda keltirilgan 
ma’lumotlar va xususiy ma’lumotlarga tayanib N. G. Paxomov (1981) 
tish ustida hosil bo`lishi mumkin bo`lgan yot jinslar-karashlar
cho`kmalarning tasnifini tavsiya qiladi. 
Tish karashlari va toshlari tasnifi: 
I. Minerallashmagan tish yumshoq karashlari: 
a) pellikula 
b) tish usti karashi (blyashka) 
v) oq yumshoq karash 
g) ovqat qoldiqlari 
II. Minerallashgan tish toshlari 
a) milk usti tish toshlari 
b) milk osti tish toshlari 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling