Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Bob. TISH KASALLIKLARIDA RENTGEN TASVIRINING


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261
8 Bob. TISH KASALLIKLARIDA RENTGEN TASVIRINING 
TAXLILI 
 
Kariyes xastaligida kariyes kovagi rentgen tasvirida dumaloq
oval yoki noto`g`ri shakldagi qattiq to`qimaning siyraklashgan yoki 
uning (toj qismining) chet sohalaridagi anatomik chegarasining 
buzilganligi kabi o`zgarishlar sifatida namoyon bo`ladi. Kovak 
chegaralari tekis bo`lmaydi. Bu xol ayniqsa tishlarning kontakt 
yuzalaridagi karioz kovaklarning rentgen tasvirida yaqqol ko`rinadi. 
Odatda ko`z va asboblar yordamida aniqlanishi mushkul bo`lgan 
yashirin kovaklarni tekshirish maqsadida (kariyes kovak plomba ostida, 
toj yoki ildizlar sohasida, kontakt yuzalarida bo`lsa), rentgen nuridan 
foydalaniladi. (55,56-rasmlar).
55-rasm. Kariyes kavagi |76 
tishlarning 
bir-biriga 
qaragan 
distal 
va 
medial 
sathlarida 
joylashgan 
56-rasm. 6| tishda kariyes 
kavagining namoyon bo`lishi. Shu 
tishning medial (oldingi) ildizi 
sohasida granulematoz 
periodontit.


318 
Olingan rentgen tasviri kariyes jarayonining qay darajada chuqur 
kechayotganligini ko`rsatadi. Kariyes xastaligining dog`li davrini 
rentgen tasvirida odatda aniqlab bo`lmaydi. Yuza kariyes jarayoni tish 
qattiq to`qimasining chetida joylashgan taqdirda, jarohat zonasi aniqrok 
ko`rinadi. O`rta va chuqur kechuvchi kariyesda emal va dentin 
to`qimasida hosil bo`lgan yemirilish aniq va ravshan ko`rinadi. Plomba 
ostidagi ikkilamchi kariyes kovagi aniq ravshan (negativda qoraygan 
dog`, pozitivda rangsiz oqish) bo`shliq sifatida aks etadi. Aynan shunga 
o`xshash tasvirni plomba ostiga ajratuvchi vosita sifatida qo`yilgan 
tagliklar ham hosil qiladi. Ular odatda rentgen nurini qaytarish 
xususiyatiga ega bo`lmaydi (kalmetsin, suvli dentin va x. k.) Lekin 
ikkilamchi kariyes hosil qilgan bo`shliqning chegaralari notekis, o`ydim 
chuqur bo`lishi patologik jarayondan darak beradi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling