Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
7.1.7.1. Kandidoz.
OIV infeksiyasi bilan zararlanganlardagi ko`p uchraydigan og`iz ichidagi ko`rinish hisoblanadi. Ko`proq o`tkir psevdomembranoz kandidoz uchraydi. OIV bilan zararlanganlarda kandidoz oylab davom etadi, shuning uchun o`tkir degan nom o`z kuchini yo`qotadi. Klinik ko`rinishlari oddiy kandidozga xos. Shilliq qavatda kulrang-oqish karash bo`lib, suzmali massani eslatadi. Karash shpatel bilan yengil olinadi, uning ostida qizargan shilliq qavat ko`rinadi. Asosan lunj, til, og`iz tubi, tanglay, milk shilliq qavatlarida joylashadi. Ko`rilganda kandidozni leykoplakiya, qizil yassi temiratkidagi xuddi shunday belgilar bilan 314 farqlay bilish kerak. O`tkir atrofik kandidoz og`iz shilliq qavatini allergiyadagi, S, V1, V2, V6 gipovitaminozidagi zararlanishlarini eslatadi. Zararlanish asosan tildagi giperemiya o`chog`i ko`rinishida uning o`rta chizig`i bo`ylab joylashadi; ipsimon so`rg`ichlar atrofiyalanadi. Surunkali giperplastik kandidoz kam uchraydi, lunj, qattiq va yumshoq tanglay shilliq qavatini ikki tomonida joylashadi. Zararlanish og`iz chetlarida joylashganda ko`proq kandidozli xeylit va epiteliy giperplaziyasi ko`rinishidagi yoriqlar hosil bo`ladi, yoriqlar vaqt o`tishi bilan kattalashib, qattiq qobiqli yaralarga aylanadi. Og`riq hissi ko`p hollarda kuzatilmaydi yoki sezilmas darajada bo`ladi, achishish hissi kuzatiladi. 7.1.7.2. O`tkir yarali – nekrotik gingivostomatit. Kasallik kutilmaganda boshlanadi, lekin tish tozalaganda milkdan qon ketishi bilan ham boshlanishi mumkin. Kasallik belgilari 3-4 haftada yo`qolishi mumkin, lekin ko`pincha qaytalaydi. Milk qizargan, shishgan. Milk qirg`oqlari, tishlararo milk so`rg`ichlari nekrozlangan, sariq kulrang karash bilan qoplangan, atrof to`qimalar bilan mustaxkam birlashmagan. Kasallik rivojlanib boradi va ko`pincha milk yumshoq to`qimalarining yo`qotilishiga, suyak strukturalarining sekvestrlanishiga olib keladi. Prodromal davrida holsizlik, subfebril tana harorati, bosh og`rig`i, og`iz bo`shlig`ida ko`plab nekrotik elementlar kuzatiladi. Intoksikatsiya belgilari o`sib borib, tana harorati ko`tariladi, regionar limfoadenit belgilari yuzaga keladi. Og`riq kuchliligidan bolada ishtaxa yo`qoladi, gipersalivatsiya kuzatilib, og`izdan noxush hid keladi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling