Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Aplastik va gipoplastik anemiya (kamqonlik)


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261
Aplastik va gipoplastik anemiya (kamqonlik). Xastalik og`ir klinik 
belgilar bilan kechib, suyak kumigi(iligi)ning og`ir jarohatlanganligini 
ko`rsatadi. Bu bolalar umumiy ahvolining og`irlashuvi, og`iz 
bo`shlig`ida to`qimaning o`lishi bilan sodir bo`ladigan nekroz 
belgilarining mavjudligi, og`izdan qo`lansa hid tarqalishi, shilliq 
pardalarda qon quyilish belgilarining aniqlanishi, milk va burun qonashi 
belgilari bilan namoyon bo`ladi.(48-rasm) 
Gemofiliya - qon ivishining buzilishi bilan og`rigan bemor 
bolalarning og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida odatda to`qimada qon 
quyilish belgilari bo`lmaydi, biroq milklarning tez-tez qonashi, olingan 
tishlarning 
chuqurchasi 
va 
pulpasi 
ochiq 
tishlarning 
kariyes 
kovaklaridan qon oqish hollari kuzatiladi. 
Qon kasalliklariga davo qilish. Bolalarda qon yaratuvchi 
organlarning xastaliklari aniqlangan taqdirda, ularni gematologik (qon 
kasalliklari) bo`limlarga yotqizib, pediatr-gematolog shifokorlar bilan 
bamaslaxat davolash chora-tadbirlarini qo`llash maqsadga muvofiqdir. 
Bunday hollarda stomatolog shifokorlarning asosiy vazifasi og`iz 
bo`shlig`i sanatsiyasini o`tkazish, o`tkir mexanik jarohatlarga sabab 
bo`luvchi tishlar va qo`yilgan plombalarning o`tkir qirralarini silliqlash, 
muntazam ravishda har kuni erinmasdan og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasini og`riqsizlantirib, antiseptiklar va proteolitik fermentlar 


310 
yordamida tozalashdan iborat. Shilliq parda to`qimasining tiklanishini 
ta’minlovchi shifobaxsh moylar, malhamlarni surtish yaxshi natijalar 
beradi. 
Pediatr-gematolog shifokorlar asosiy kasallikka qarshi umumiy 
davolash ishlarini amalga oshirishlari lozim. 
 
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar: 
1. Vitaminlar tanqisligi natijasida og`iz bo`shlig`i va lablarda 
qanday o`zgarishlar yuz beradi? 
2. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ichki sekretsiya bezlarining 
xastaliklari bilan bog`liq holda ro`y beradigan o`zgarishlar xaqida 
so`zlab bering. 
3. Jigarning surunkali xastaliklarida og`iz bo`shlig`ida qanday 
belgilar kuzatiladi? 
4. Og`iz bo`shlig`ida yurak-qon tomir yetishmovchiligi natijasida 
aniqlanadigan o`zgarishlar haqida so`zlab bering. 
5. Uremiya bilan kechuvchi buyrak xastaligida og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasida qanday belgilar mavjud bo`ladi? 
6. Oq qon kasalliklarida og`iz bo`shlig`ida, qayd etiladigan 
o`zgarishlar xaqida gapirib bering. 
7. Umumiy sistema xastaliklarida og`iz bo`shlig`ida kuzatiladigan 
o`zgarishlarni davolashda qanday yo`l tutiladi? 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling