Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
8.2. Periodontit xastaligida rentgen tasvirining tahlili
Ma’lumki, periodont to`qimasi yallig`lanishining ayniqsa surunkali kechadigan turlarida uni o`rab turgan atrof to`qimalar (alveolyar suyak to`sig`i, suyak pardasi, sement va dentin) ham jarohatlanadi. Bunday qattiq to`qimalarda sodir bo`ladigan o`zgarishlar panoram rentgen tasvirida yaqqol namoyon bo`ladi. O`tkir cho`qqi periodont yallig`lanishida klinik belgilarning kuchli namoyon bo`lishiga qaramasdan rentgen tasvirida periodont to`qimasida deyarli o`zgarish kuzatilmaydi. Ayrim hollarda cho`qqi teshigi atrofidagina periodont tirqishining ozroq kengayganligi kuzatiladi. Surunkali granulyatsiyalanuvchi periodont yallig`lanishida uni o`rab turuvchi qattiq to`qimalar (tsement, dentin, alveola suyagi, g`ovak suyak) kuchli yemirilish jarayoniga uchraydi. Tish ildizining sathi o`zining silliqligini yo`qotib, unda o`ydim chuqurlar hosil bo`ladi va jimjimali shaklni oladi. Rentgen tasvirida tish ildiznning cho`qqi sohasida parodont to`qimasi (me’yordagi holati)ning buzilganligini, alveola kompakt suyagining yemirilishini ko`ramiz. Ildiz cho`qqisini o`rab turuvchi suyak to`qimasining notekis to`lqinsimon struktura buzilishi va yemirilishi oqibatida suyakning jarohatlangan zonada nur o`tkazish qobiliyati kuchayganligi kuzatiladi. Granulyatsiyalanuvchi periodontit uchun suyak to`qimasining notekis yemirilishi o`ziga xos xususiyatdir. Shu bilan birgalikda sement 320 va dentinning yemirilishi oqibatida ildiz relefining o`zgarishi, ayrim hollarda esa ildizning qisqarishi hollarini ko`rish mumkin. SHy bilan birgalikda bolalarda ko`pgnna hollarda yiring yo`li ham tasvirdan o`rin opishi mumkin. Bundan tashqari ko`p ildizli sut tishlarida ildizlar orasidagi suyak to`qimasining yemirilib siyraklashuvi (osteoporoz) bolalar yoshida xususiy xol hisoblanadi.(60-rasm) Surunkali granulematoz periodontit xastaligida ildiz cho`qqisida oddiy tish granulemasi yoki murakkab kistali granulema hosil bo`lishi xususiy xoldir. Tish ildizi sohasida bunday granulyatsiyalanuvchi to`qima hosil bo`lishi, atrof suyak to`qimasining tekis dumaloq shakldagi, chegaralari aniq ko`rinuvchi jarohatli yemirilishiga sabab bo`ladi. Rentgen tasvirida tish ildizining cho`qqi qismida dumaloq yoki oval shaklidagi, chegarasi aniq ko`rinuvchi suyak to`qimasining yemirilgan o`chog`i paydo bo`lgani kuzatiladi. (58,59-rasmlar) Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling