Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261
 
7.11.3. S vitamini tanqisligi. 
Bu vitamin tanqisligiga milk shilliq, pardasi juda sezgir bo`ladi. 
Vitamin S, ya’ni askorbinat kislota singa xastaligiga qarshi ta’sir 
ko`rsatish xususiyatiga egadir. U organizmda oksidlanish-qaytarilish 
jarayonida ishtirok etadi, to`qimalar tiklanishiga bevosita ta’sir 
ko`rsatadi va qon tomirlar devorini mustaxkamlaydi. Vitamin S 
yetishmaganda milklar shishinqirab qizaradi, o`zida suv yig`a boshlaydi 
, hajmi oshib, tishlarning toj qismini qoplashi mumkin. Milklar tez-tez 
qonab turadi. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining boshqa qismlarida 
qonashga moyillik bo`lgan kataral yallig`lanish jarayonlari yuzaga 
keladi. 
Vitamin S tanqisligini bartaraf qilish maqsadida bolalarga 
sutkasiga 200-300 mg miqdorda uni 30- 50 mg rutin aralashmasi bilan 
ichish uchun buyuriladi. 
7.11.4. Ichki sekretsiya (endokrin) bezlari faoliyatining buzilishi 
bilan bog`liq o`zgarishlar 
Bu xil xastaliklar bolalar organizmida ko`pgina xayotiy muhim 
faoliyatlar buzilishiga sabab bo`ladi va jumladan og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasida ham bir qator o`zgarishlar paydo bo`lishiga olib keladi 
Qandli diabet bilan og`rigan bemor bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq 
pardasida milk yallig`lanadi, qonaydi, qizarib shishadi, shuningdek 
parodont yallig`lanishi belgilari kuzatiladi. Bulardan tashqari, shilliq 
pardaning quriqshab suvsizlanishi, achishish sezgisi, lunjlar, lablar va 
ayniqsa til shilliq pardasining keskin qizarishi qayd etiladi. 
Miksedema (qalkonsimon bez gipofunksiyasi) xastaligida og`iz 
bo`shlig`i shilliq pardasi oqarib, suv yig`ilishi belgilari paydo bo`ladi. 


306 
Lunj va til shilliq pardasining shishib, qalinlashuvi natijasida, ularda 
tishlarning botiq izlarini ko`rish mumkin. 
Itsenko-Kushing xastaligi (gipotalamus-gipofiz sistemasi xastaligi) 
uzok vaqt davomida bolalarning kortikosteroid gormonlarini qabul 
qilishi bilan bog`liq bo`lib, og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida nospetsifik 
yallig`lanish jarayonlarining sodir bo`lishi bilan kechadi. Bu xil 
o`zgarishlar to`qimalardagi mahalliy immunologik himoya vositalari 
faoliyatining susayishi bilan bog`liqdir. Ko`pgina hollarda bolalarning 
umumiy ahvoli qoniqarli bo`lishiga qaramasdan, og`iz shilliq pardasida 
kandidoz xastaligi avj olishi mumkin. Shuningdek og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasida kuchsiz og`riq sezgilari paydo bo`ladi. Yuqorida zikr 
etilgan ichki sekretsiya bezlarining xastaliklari asosida sodir bo`ladigan 
kasalliklarni davolash maqsadida mahalliy davo tadbirlari qatorida 
pediatrlar bilan birgalikda asosiy sabablarga qarshi umumiy davo chora-
tadbirlarining qo`llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi va maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling