Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261
7.9.2. Yuqumli xeylit 
Xastalik ko`pincha lablarning tutashgan burchaklarida jarohatlar 
paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Streptokokklar chaqirgan bunday 
shilinish-eroeiyalar sarg`imtir po`stloqchalar bilan qoplangan bo`ladi. 
Yiringli bunday belgilar lablarning teri yuzasida ham uchrashi mumkin. 
Bunday hollarda jag` osti limfa tugunlarining yallig`lanib kattalashuvi 
va paypaslaganda og`rishi muhim ahamiyat kasb etadi.(54-rasm) 
Zamburug`lar chaqirgan xeylitlarda jarohat - eroziyalarni qoplab 
turgan po`stloqchalar oqish, rangpar, yupqarok va nam (xo`l) bo`ladi. 
Yuqorida bayon qilingan jarohatlar og`iz burchaklarida, ya’ni lablarning 
eng 
harakatchan 
sohasida 
joylashganligi 
sababli, 
ko`pgina 
shikastlanishlar natijasida ularning tiklanishi juda sekin kechadi. Shu 
bilan birgalikda bu soha so`lak bilan mudom namlanib turadi. 
Jarohatlarning sekin bitishiga tishlar qatori jipslashuvining buzilishi 
(patologicheskiy prikus), yuz, asab tolasining falaji va boshqa og`iz 
sohasining me’yordagi arxitektonikasini buzuvchi noxush sabablar ham 
o`z ta’sirini ko`rsatadi. Organizmda A va V gurux vitaminlarining 
yetishmasligi tiklanish jarayonining juda sust ketishini ta’minlaydi. 
Yuqumli xeylitda lablarning qizil hoshiyasi butunlay jarohatlanib, 
unda kundalang taralgan yoriqlar (ayniqsa hoshiyaning o`rta qismida) 
paydo bo`lishi mumin. Yoriqlarning asosini hosil qiluvchi to`qimada 
infiltratli shishlar hosil bo`ladi. Lablar qurishib, po`st tashlay boshlaydi. 
Yoriqlar qayta paydo bo`lib, surunkali tus ham oladi. 
Xastalik davosi. Davo chora-tadbirlari kasallik jarohatlarini 
keltirib chiqaruvchi infeksiya (mikrob yoki zamburug`) turini 
aniqlashdan boshlanadi. Strepto-stafilokokklar ta’sirida yuzaga kelgan 
angulyar xeylit va yoriqlar hosil bo`lganda, 2% li neomitsinli, 
eritromitsinli (1 trammida 10000 TB saklagan), 5-10% li sintomitsinli 
emulsiya va malxamlar surtish tavsiya qilinadi. Shifobaxsh malxamlarni 
surtishdan oldin jarohatli yuzalar antiseptiklar, iliq 1 % li vodorod 
peroksidi yordamida ishlanib, karash va po`stloqlardan tozalanadi. 
Malxamlar kuniga 6-8 martadan, og`ir hollarda esa har soatda surtiladi. 
Zamburug`li xeylitda lablarga nistatinli, 1% li dekaminli 
malxamlar va 15-20% li natriy tetraboratning glitserinli eritmasini 
surtish yaxshi natijalar beradi. 


301 
O`tkir yallig`lanish jarayoni bartaraf etilgandan so`ng, chuqur shishli 
infiltratlarning so`rilishini ta’minlash uchun lablarga 10-20% li naftalan 
yoki 2- 3% li oltingugurtli malxamlarni surtish maqsadga muvofiqdir. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling