Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining dori-darmonlar qabul qilish


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   261
 
7.8. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasining dori-darmonlar qabul qilish 
bilan bog`liq bo`lgan allergik o`zgarishlari 
Ko`pincha dori-darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, amidopirin, 
og`ir metall tuzlari, novokain, yod, fenol va boshqalar) bola organizmida 
har xil noxush (allergik) holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan, 


295 
og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida ham bir talay noxush belgilar kuzatilishi 
e’tiborga loyiqdir. Bu xildagi yallig`lanish jarohatlarining mexanizmari har 
xil bo`lib, qabul qilingan dori-darmonlarning kimyoviy strukturasiga 
bog`liqdir. Streptomitsin asab tolasini jarohatlaydi, levomitsetin jigar 
hujayralariga nisbatan zaharli ta’sir o`tkazadi, amidopirin guruxi qon 
yaratuvchi a’zolarga ta’sir qilib, ularning ishini susaytiradi va hokazo. Ana 
shu a’zolarda kelib chiqqan jarohatlanish oqibatida og`iz bo`shlig`i shilliq; 
pardasida kataral miliar yallig`lanishlari ham qayd etiladi. Og`iz bo`shlig`i 
shilliq pardasida aniqlanadigan yana bir xil o`zgarishlar mexanizmi bola 
organizmining yuqorida qayd qilingan va boshqa dori-darmonlarga nisbatan 
sezgirligining oshishi natijasida kuzatiladi. Yuqori sezgirlikni organizmda 
ilgari qabul qilingan dorivorlar, mavjud bo`lgan mikroblar, viruslar yoki 
ba’zi bir ovqat mahsulotlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday 
sharoitda qo`shimcha dori-darmonlar qo`llash allergik reaksiyalarni 
chaqirishi mumkin. Aksariyat hollarda bular antibiotiklar bo`lib, ular 
organizmda oqsil molekulalari bilan birikishib, kuchli antigenga aylanishi 
mumkin. Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasida bunday vaziyatlarda kuchli 
jarohatli o`zgarishlar yuz beradi. 
Xastalikning klinik kechishi. Shilliq pardada kuchli qizarish va shishish 
natijasida pufaklar paydo bo`ladi. Pufaklarning yorilishi oqibatida karashli 
eroziyalar aniqlanadi. Og`iz bo`shlig`ining bunday jarohatli belgilar bilan 
qoplanishi ko`p belgili ekssudatli eritemaga o`xshab ketadi. Ko`pincha 
yumshoq va qattiq tanglay, til osti sathi shilliq pardasida jarohatlar 
kuzatiladi. Til shishib, hajmi kattalashadi, epiteliy qavati deskvalgatsiyaga 
(qovjirab to`kilishi) uchrab, til ustki sathi silliqlashadi, yaltirab qoladi va har 
xil ta’sirotlarga nisbatan uning sezgirligi oshadi. 
Og`iz bo`shlig`i shilliq pardasidagi o`zgarishlar bilan bir vaqtda, 
tananing teri sathida har xil toshmalar, teri qichishishi, mushaklarda og`riq, 
bo`g`imlar og`rig`i, ich buzilishi va og`ir allergik holatlarda anafilaktik shok 
yuzaga kelishi mumkin. 
Medikamentoz stomatitni ko`p belgili ekssudatli eritemadan va o`tkir 
gerpetik stomatitdan farqlay olish (differensial diagnostika) zarur. Dori-
darmonlar yuzaga keltiradigan o`zgarishlarda ko`p belgili ekssudatli 
eritemadan farqli o`larok, papulyoz va eritematoz belgilarning sustligi,


296 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling